Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar.
Rimning yirik sig’siy arbobi va g’zuvchisi Portsiy Katon Starshiy (m.o. 234-
149 y.) o’zining «Dehqonchilik» asarida qishloq xo’jaligini halq xo’jaligidagi
asosiy
tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini
qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor
berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin
bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Eng foydali
mahsulot deb olif g’g’ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga
salbiy munosabatda bo’lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la
ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan,
uningcha, barcha «qiymat
o’zagini» material sarflari, usta va g’rdamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi.
Atoqli Rim g’zo’vchisi va olim Mark Terentsiy Varron (m.o. 116-27 y.) xalq
xo’jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq
xo’jaligi to’g’risida» degan asarida o’zining iqtisodiy qarashlarini bag’n etdi. U
chorvachilikga katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi.
Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o’sha davrda Italiyada don arzon
bo’lgan, chunki u chet o’lkalarda ancha ko’p miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik
daromadi esa yuqori bo’lgan.
Shu bilan birga Varron, har bir xo’jalikning o’zini-o’zi
ta’minlashi tarafdori bo’lgan, bozor uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishni rivojlantirishga esa uncha e’tibor bermagan. Bundan iqtisodiy
taraqqig’tda bozorning rolini Varron yaxshi tushunmaganini ko’rish mumkin.
Rim g’zuvchisi Yuniy Moderat Kolumella ( 1 asr m.o.) «Qishloq xo’jaligi
to’g’risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik er egalari bilan bevosita
ishlab chiqaruvchilar -kolonlar o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli)
rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo’jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar
erni
yaxshi ishlatmaydilar, erdan yuqori hosil olish uchun qayg’urmaydilar. Varron
urug’ni sepishdan boshlab to hosilni yig’ib olishgacha bo’lgan davrda qullar
isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o’g’rilik qilishini va pirovard natijada
donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto’g’ri ko’rsatishini
aytib
berdi. U qullar mehnatidan ko’ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining
afzalligini isbotlab berdi. Qullarning imkon boricha erni ishlamaslikka intilishini
ko’rgan Kolemella, bunday erlarni erkin kolonlarga bo’lib berish, mayda tovar ishlab
chiqarishga o’tish zarurligi to’g’risida fikr yuritadi. Bunday fikrning yuritilishi,
Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish savollarini nisbatan to’g’ri
tushinganligidan dalolat beradi.
Respublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy
muammolaridan biri
erga bo’lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo’lida to’planuvi va italiyalik
ko’pchilik dehqonlarning erdan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Xonavayron bo’lgan
mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153-121 y.)
Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Paritsiylarning er mulkini cheklash va agrar
masalalarini echish maqsadida Tiberiy Grakx m.o. 133 y. qonun qabul qilishni taklif
18
qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq rimlik fuqarolarga dalatning xaydaladigan eridan
500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila
1000 yugerdan oshiq erga egalik qilishi man etilgan. Barcha
ortiqcha erlar davlat
ixtig’rida bo’lgan va erga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko’p bo’lmagan
soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib berilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o’n
minglab dehqonlar er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy Grakx ataylab
o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga er
berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan past
bahoda don sotish to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda
dehqon er egaligi mavqeini quchaytirish va aholi kambag’allashuvining oldini olishga
qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay Grakx o’limidan
keyin ham konservatorlar muxtojlarni er bilan ta’minlash to’g’risidagi
qonunni bekor
qila olmadilar.
Mark Tulliy Tsitseron (m.o.106-43 y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq.
U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo’lib, savdo-sotiq rivojlandi,
so’dxo’rlik boylik manbaiga aylandi. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli
ravishda, Tsitseron yirik savdoni qo’lladi, mayda savdoni esa mensimadi.
Tsitseronning sudxo’rlikka bo’lgan munosabati ziddyatli bo’lgan. Bir joyda
sudxo’rlikni maqullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Tsitseronning savdo va
sudxo’rlikka bo’lgan ko’z qarashlarida Qadimgi Rim iqtisodig’tidagi
natural va tovar
xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini topgan.
Tsitseron xususiy mulkchilik, yirik er egaligi va mustamlakalarda
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Ancha samarali ish turi deb
dehqonchilikni hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda muhim rol o’ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: