11
Hozirgi an’anaviy ta’lim Ya.A.Kamenskiy (XVII asr)ning didaktik tamoyillari
asosida shakllanib
“Sinf-dars”
tizimidagi mashg‘ulotlardan iborat. Ta’limni zamonaviy
tashkil etish esa pedagogik texnologiya asosida an’anaviy tizimdagi darslarni turli
yo‘nalishlarda takomillashtirishdan iboratdir.
Ta’lim-tarbiyani zamonaviy tashkil etish masalalari har qachongidek hozir ham
o‘zining dolzarbligini saqlab kelmoqda.
An’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq hamkorlikka asoslangan, o‘quvchi va o‘qituvchi
faolligini oshiruvchi, yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri
interfaol
usullar bo‘lib, u muammoli, hayotiy vaziyatlarni to‘g‘ri hal etilishiga keng imkon beradi.
Interfaol o‘qitish usullari juda tez sur’atlar bilan rivojlanib, ijobiy natijalar
bermoqda. U o‘quvchilarni boshqalarni fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar
manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan o‘rganish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish,
o‘zining va boshqalarning
“Men”
ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikrini lo‘nda
va aniq bayon qila olishga o‘rgatadi.
Ma’lumki bahsli, muammoli vaziyat – inson faoliyati davridagi fikrlash natijasiga
bog‘liq bo‘lib qoladigan murakkab holat yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda
u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar esa
o‘quvchilar aqliy kuchini zo‘riqtiradi, vaziyatdan chiqish uchun fikrlay boshlaydi,
qiyinchiliklar bilan to‘qnashadi. Inson qachonki muammo bilan yuzma-yuz kelar ekan
uning fikrlash qobiliyati faollashadi, barcha bilimlarini ishga solib, o‘z saviyasiga mos
xulosalar chiqaradi. Aynan, shuning o‘zi barcha bilimlar asoslarini egallash va barkamol
inson hislatlariga ega bo‘lish uchun har bir o‘quvchiga bilimga bo‘lgan ehtiyojni
qondiradi.
Turli davrlarda ta’lim oluvchi bilan ta’lim beruvchining ta’lim jarayonidagi nisbiy
hissalari turlicha bo‘lib kelgan.
An’anaviy ta’limda “Nimani?”, “Qachon?” va “Qaerda?” muammolariga asosiy
e’tibor qaratilgan bo‘lsa, zamonaviy hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalarida
“Qanday qilib o‘rgatish kerak?” degan muammo muhim ahamiyatga ega.
Keyingi o‘n yillikda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining hamkorligidagi faoliyatga
asoslangan ta’lim texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Pedagogikada
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
12
bunday ta’lim texnologiyalariga “Hamkorlik pedagogikasi” deb ataladi. Bunday
texnologiyaga asoslangan ta’lim texnologiyalari AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Bunday ta’lim
texnologiyalaridan biri “Interfaol” uslubidir. “Inter” – lotincha “Oraliq”, “O‘zaro” kabi
ma’noni bildiradi. Ta’lim oluvchi bilan ta’lim beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro faollikka
asoslangan bunday o‘qitish uslubi o‘quvchilarning faolliklarini oshirishga, ularning bir-
birlarini to‘liq tushunishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: