6-Mavzu: Nutq nuqsonlarinig turli shakllarida muloqotning o‘ziga xosligi
1.
Muloqotning psixologik tavsifi
2.
Nutq nuqsoniga ega shaxslarning muloqotini rivojlanishi
3.
Nutq nuqsoniga ega bolalarda muloqot vositalari va ularning
rivojlanishi
Tayanch tushunchalar: Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlilik nazariyasi nutq
nuqsonliliklarining kelib chiqish omillari,nutq nuqsonliliiklarining paydo bo’lish
xarakteristikasi,dizontogenezning rivojlanish nazariyasi,ruhiy rivojlanish holatlari.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Xotira haqida umumiy tushuncha bering
2.
Xotira patalogiyasi haqida ma’lumot bering
3.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning xotira xususiyatlari
4.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning xotira xususiyatlarini korreksiyalash
5.
Logopedik yordam tizimida nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar xotirasini
rivojlantirish bо’yicha korreksion ishi haqida ma’lumot bering
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent,
O'zbekiston, 1992.
2. Kadrlar tayyorlash milIiy dasturi. - Toshkent, 1997.
3. O'zbekiston «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. 1997.
4. O'zbekiston Respublikasi «Nogironlar huquqini ijtimoiy hi-moyalash
to'g'risida»gi qonun. - Toshkent, 1991.
5. Ayupova M. Logopediya. - T., 2011.
6. L.R. Mo'minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psi-xologik-pedagogik
diagnostikasi. - T., 2012.
7. L.R. Mo'minova, D. Nazarova. Maxsus ta'lim atamalarining
izohli lug'ati. - T., 2010
8. L.R. Mo’minova Sh.M.Amirsaidova va boshqalar “Maxsus psixologiya”
Toshkent 2013-yil
Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-
birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki,
kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya
lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi: 1. Muloqot —
hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'matish va uni
rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro
ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan
kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot
(munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni
o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati
hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini
anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar
bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat
insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar
bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi,
ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning
ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat
davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi.
Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga
kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati
munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida
faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat.
Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat
qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida
kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va
perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. www.ziyouz.com
kutubxonasi Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot
jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab,
institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi.
Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar
bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa
qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib,
pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi.
Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiyiroda sohalarida ham kamchiliklar
kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasi-dagi kamchiliklar ruhiyatini
yemirishi, tormozlanganlik, qo'rquv, kayfiyatining tez-tez o'zgarishi kabi holatlarni
keltirib chiqarishi mumkin bo'lsa, ayrim bolalarda qo'zg'aluvchanlikning ortishi,
asabiylashganlik, yig'loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan norozilik
xislatlarida aks etishiga sabab bo'lsa, yana boshqa bolalarda atrofdagi voqea-
hodisalarga va odamlarga befarqlik, irodasizlik kabi xislatlar keltirib
chiqaradi.Ko'pchilik tadqiqot ishlari o'qish va yozuv kamchiliklarini xulq-atvor
me'yorIari bilan bog'liqligini alohida qayd etadi. Bu bog'liqlik bola maktabga
borgandan so'ng, ya'ni o'zi bajara olmaydigan vazifalarga duch kelgandan so'ng
ko'zga tashlanadi. Ko'pchilik o'qituvchilar o'qish va yozuv kamchiliklariga ega bo-
Ialarning ish qobiliyatining sustligi, diqqatining tarqoqligi, darsda o'tira
olmasligidan shikoyat qiladilar. Bir necha farzandlari bor ota-onalar o'qish va
yozuv kamchi-liklariga ega farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisba-
tan qo'pol munosabatlarda bo'ladilar, bu esa bolalarning xarakteri-ga, shaxs
sifatlarining shakllanish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, ko'p ota-
onalar farzandlarining bunday kamchilikla-rida o'qituvchilarni ayblaydilar.
O'qituvchilar esa o'z navbatida bun-day kamchiliklarni ota-onalarning bolalar
o'qishlariga nisbatan be-farqligi, deb qaraydilar. Natijada bola sekin-asta maktab
talablarini bajarmaydi, darslarni qoldiradi va unda salbiy xulq-atvor shaklla-nadi.
Agar o'qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalar maktabni tashlab ketsalar, ular
o'z xohishlari bilan hech qachon kitob muto-Iaa qilmaydilar va bu holat salbiy
oqibatlar keltirib chiqaradi. Agar o'quvchi kitob kam o'qisa, uning rivojlanishi,
lug'atining boyishi va mustaqil ta'lim olish imkoniyatlari cheklanadi. O'qish va
yozuv kamchiliklariga ega bolalarning ichki nutqi sust rivojlanadi, bu esa
tafakkurning zaiflashuviga olib keladi.