1. Muloqotning psixologik tavsifi Nutq nuqsoniga ega shaxslarning muloqotini rivojlanishi



Download 162,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2022
Hajmi162,41 Kb.
#337303
Bog'liq
6- Mavzu



6-Mavzu: Nutq nuqsonlarinig turli shakllarida muloqotning o‘ziga xosligi 

1.

 

Muloqotning psixologik tavsifi 

2.

 

Nutq  nuqsoniga  ega  shaxslarning  muloqotini  rivojlanishi 

3.

 

Nutq  nuqsoniga  ega bolalarda  muloqot  vositalari  va  ularning  

rivojlanishi 

Tayanch tushunchalar: Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlilik nazariyasi nutq 

nuqsonliliklarining kelib chiqish omillari,nutq nuqsonliliiklarining paydo bo’lish 

xarakteristikasi,dizontogenezning rivojlanish nazariyasi,ruhiy rivojlanish holatlari. 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 

1.

 



Xotira haqida umumiy tushuncha bering 

2.

 



Xotira patalogiyasi haqida ma’lumot bering 

3.

 



Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning xotira xususiyatlari 

4.

 



Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning xotira xususiyatlarini korreksiyalash 

5.

 



Logopedik yordam tizimida nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar xotirasini 

rivojlantirish bо’yicha korreksion ishi haqida ma’lumot bering 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

1.  O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - Toshkent,  

O'zbekiston, 1992.  

2. Kadrlar tayyorlash milIiy dasturi. - Toshkent, 1997.  

3. O'zbekiston «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni. 1997. 

4. O'zbekiston Respublikasi «Nogironlar huquqini ijtimoiy hi-moyalash  

to'g'risida»gi qonun. - Toshkent, 1991. 

5. Ayupova M. Logopediya. - T., 2011. 

6. L.R. Mo'minova. Nutqida kamchiligi bor bolalarning psi-xologik-pedagogik  

diagnostikasi. - T., 2012. 

7. L.R. Mo'minova, D. Nazarova. Maxsus ta'lim atamalarining  

izohli lug'ati. - T., 2010 

8. L.R. Mo’minova Sh.M.Amirsaidova va boshqalar “Maxsus psixologiya”  

Toshkent 2013-yil 

 

 

 



 

 

 




Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-

birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, 

kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi. Psixologiya 

lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi: 1. Muloqot — 

hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'matish va uni 

rivojlantirish jarayoni; 2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro 

ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan 

kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot 

(munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni 

o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati 

hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. 

Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini 

anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar 

bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat 

insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar 

bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, 

ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning 

ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat 

davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. 

Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga 

kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati 

munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida 

faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. 

Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta 

olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat 

qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida 

kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va 

perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi. www.ziyouz.com 

kutubxonasi Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot 

jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, 

institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. 

Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar 

bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa 

qoniqmaslikni his qilamiz. Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, 

pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. 

 



Nutq nuqsoniga ega guruh bolalarida hissiyiroda sohalarida ham kamchiliklar 

kuzatiladi. Ayrim bolalarda hissiy-iroda sohasi-dagi kamchiliklar ruhiyatini 

yemirishi, tormozlanganlik, qo'rquv, kayfiyatining tez-tez o'zgarishi kabi holatlarni 

keltirib chiqarishi mumkin bo'lsa, ayrim bolalarda qo'zg'aluvchanlikning ortishi, 

asabiylashganlik, yig'loqilik, atrofdagi odamlarga va muhitga nisbatan norozilik 

xislatlarida aks etishiga sabab bo'lsa, yana boshqa bolalarda atrofdagi voqea-

hodisalarga va odamlarga befarqlik, irodasizlik kabi xislatlar keltirib 

chiqaradi.Ko'pchilik tadqiqot ishlari o'qish va yozuv kamchiliklarini xulq-atvor 

me'yorIari bilan bog'liqligini alohida qayd etadi. Bu bog'liqlik bola maktabga 

borgandan so'ng, ya'ni o'zi bajara olmaydigan vazifalarga duch kelgandan so'ng 

ko'zga tashlanadi. Ko'pchilik o'qituvchilar o'qish va yozuv kamchiliklariga ega bo-

Ialarning ish qobiliyatining sustligi, diqqatining tarqoqligi, darsda o'tira 

olmasligidan shikoyat qiladilar. Bir necha farzandlari bor ota-onalar o'qish va 

yozuv kamchi-liklariga ega farzandlarini boshqalari bilan solishtirib, ularga nisba-

tan qo'pol munosabatlarda bo'ladilar, bu esa bolalarning xarakteri-ga, shaxs 

sifatlarining shakllanish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, ko'p ota-

onalar farzandlarining bunday kamchilikla-rida o'qituvchilarni ayblaydilar. 

O'qituvchilar esa o'z navbatida bun-day kamchiliklarni ota-onalarning bolalar 

o'qishlariga nisbatan be-farqligi, deb qaraydilar. Natijada bola sekin-asta maktab 

talablarini bajarmaydi, darslarni qoldiradi va unda salbiy xulq-atvor shaklla-nadi. 

Agar o'qish va yozuv kamchiliklariga ega bolalar maktabni tashlab ketsalar, ular 

o'z xohishlari bilan hech qachon kitob muto-Iaa qilmaydilar va bu holat salbiy 

oqibatlar keltirib chiqaradi. Agar o'quvchi kitob kam o'qisa, uning rivojlanishi, 

lug'atining boyishi va mustaqil ta'lim olish imkoniyatlari cheklanadi. O'qish va 

yozuv kamchiliklariga ega bolalarning ichki nutqi sust rivojlanadi, bu esa 

tafakkurning zaiflashuviga olib keladi. 



 

Download 162,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish