Me’yordan psixik og‘ishlik
eng avval bolaning aqliy rivojlanishi, uning
psixik nuqsonlari bilan bog‘liq.
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan
bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va
phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil
– debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar,
xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik
og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) –
psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi
va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |