O‘quvchi xulq (deviatsiya, lot. deviatio - og‘ish) deb
, kishining
qilmishlari, faoliyati turi odatiy, umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan farq
qiladigan yoki u o‘zi a’zosi bo‘lgan jamiyat tomonidan qabul qilingan
147
me’yorlarga mos kelmay, barqaror ravishda ularning ijtimoiy
me’yorlaridan og‘ishida namoyon bo‘ladigan axloqqa aytiladi.
Demak, deviant xulqli shaxs deb, birinchi navbatda axloqiy jihatdan
qarindosh – urug‘lari va do‘stlarining ko‘nglini og‘ritadigan va atrofdagilarning
hayoti uchun xavf tug‘diradigan shaxslarga (individlarga) aytiladi.
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va
boshqa fanlarda keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit,
yagona ta’rif berishga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan.
Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor”
tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat
terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega
emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana
olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o‘ziga xoslik, bundan
tashqari vaqt o‘tishi bilan qayta-qayta o‘zgarib turadilar. AQShda II jahon
urushidan so‘ng ikki-uch o‘n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy”
hodisa hisoblangan bo‘lib, unga jamiyatda bee’tibor bo‘lganlar. Hozirda,
jamiyat bu yomon, sog‘liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda,
chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo‘ladilar.
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o‘z ko‘rsatkichlari,
parametrlari (o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo‘lmagan
holatlar barchasi boshqa so‘z “me’yordan og‘ishlik” deb yuritiladi.
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ishlik” tushunchalari
juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini
xarakterlash uchun qo‘llaniladi.
Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Masalan, me’yordan xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy
norasolik va qobiliyatlilik bo‘lib ifodalanishi mumkin.
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik,
alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning,
balki jamiyatning) ijtimoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga
148
pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo‘lib, ular:
iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski
me’yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |