2. Munosabatlar qonuni
(shaxs tarbiyasi bir necha yo‘nalish – oilaviy, mehnat,
ta’limiy, ishlab chiqarish hamda mavjud moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni
qondirishga yo‘naltirilgan munosabatlar jarayonida tashkil etiladi; munosabatlarning
ijobiy va salbiy bo‘lishi shaxs rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi).
3. Yaqin ijtimoiy muhitni modellashtirish qonuni
(tarbiya jarayonining
natijasi tarbiyalanuvchi – o‘quvchining ijtimoiy-madaniy xarakterdagi hayotiy
tajribaga, ya’ni, axloqiy, intellektual, jismoniy, estetik sifatlarga, iqtisodiy, huquqiy,
ekologik va jinsiy munosabat to‘g‘risidagi bilimlarga, mehnat malakalariga, kasbiy
ko‘nikmalarga, egaligi bilan belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |