shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko‘nikma va
malakalar to‘plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat
tajribasini tushunadilar.
Demak, shaxsga yo‘naltirilgan yondashishga muvofiq ta’lim mazmuni
mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o‘zi hisoblanadi.
Bunday yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-
ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatda
bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi
bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy
ahamiyatli sifatlarning shakllanishi hisoblanadi.
Darsning didaktik imkoniyatlari quyidagilardir: har bir darsning ta’limiy
vazifalarini belgilash; darsni axborotlar bilan boyitish; o‘quvchilarning ijtimoiy va
shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish; dars mazmunini optimallashtirish; ta’lim
jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish; turli shakl, metod va vositalaridan
o‘rinli foydalanish; dars tuzilishiga ijodiy yondashish; ta’lim berishda o‘qitishning
jamoaviy, guruhli va individual shakllarini qo‘llash; operativ qayta aloqani o‘rnatish;
nazorat va boshqaruvni tashkil etish; darsning samarali kechishini ta’minlash.
O‘qituvchining pedagogik mahorati, shuningdek, darslarni quyidagi talablarga
muvofiq tashkil etishda ham namoyon bo‘ladi: fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik
texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida
tashkil etish; darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini
ta’minlash; o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida
ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish; ilgari o‘rganilgan
bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; o‘quv-
tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; pedagogik
vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va
faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; mavjud bilimlarni doimo boyitib borish
ehtiyojini yuzaga keltirish; har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis
va taxmin qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: