Erkaklar kiyimi.
Kishining madaniyatini birinchi navbatda uning kiyimi
ta‘kidlab turadi. Did bilan tanlangan kiyim va orasta ko‗rinish odamni o‗ziga
nisbatan ishonchli, batartib, tetik va oxir-oqibat atrofdagilarda yoqimli taassurot
uyg‗otadi.
Hammasidan ham har bir erkak kishi kundalik kiyish uchun ko‗zga u darjada
tashlanmaydigan, kostyum-shim va yana nisbatan jiddiyroq to‗q qo‗l rang yoki
to‗q ko‗k va qora tusdagi kostyum-shimlarni maxsus kechalar hamda
mehmondorchiliklar uchun mo‗ljallangan garderobga ega bo‗lishi lozim. Agar bu
ikki kostyumni mohirlik bilan bir-biriga uyg‗un bo‗lgan tusdagi ranglarda tanlab
olinsa, unda ularni birini biriga moslashtirgan holda kiyib yurish mumkin. Bundan
tashqari bu ikki kostyumga sportiv turdagi kombinatsiyalashgan kostyumni ham
qo‗shib to‗ldirish mumkin. Bunday turdagi kostyumni ishga kiyish urf bo‗la
boshlamoqda. U bezak va ranglar bilan bir-biridan farq qiluvchi shim va ustki
kiyimdan iborat bu kostyum, uyg‗un va mos bo‗lgan holda bir-birini to‗ldirishi
lozim. Masalan, mayda katakli kostyumga shim, mayda katakli shimga esa bir
tusdagi ustki kiyim ko‗proq mos keladi. Sportiv usulni xush ko‗radigan erkaklarga
kiyinishda bir qancha qulaylik mavjud: oq yoki rangli ko‗ylaklar bilan bir qatorda
ular sportiv yoki mayda va nafis to‗qilgan ko‗ylaklarni ham kiyib yurishlari
mumkin.
66
Yilning issiq kunlari uchun mo‗ljallangan engil chitdan yoki sun‘iy ipdan
tiqilgan kostyumlar erkaklarning kiyimlar javonida doimiy avtributga aylandi.
Bunday turdagi kostyumlarning matosining rangi bir xil yoki turli tusdagi rasmlari
bilan och va to‗q tuslarda bo‗lishi mumkin – bu sizda mavjud bo‗lgan ko‗ylaklarga
va unga mos tarzda uyg‗unlikni vujudga keltiradigan oyoq kiyimlarga bog‗liq.
SHimni harid qilayotgan vaqtda uning qanchalik sizning kostyumingiz, ustki
kiyimlaringiz va ko‗ylaklaringizga mos kelishini nazardan chetda qoldirmaslik
joiz. Vilvet shimga qalin yoki sherst ko‗ylaklar mos keladi (agar uning egasi
to‗laroq bo‗lmasa).
Ammo orastalik birinchi o‗rinda – har qanday zo‗r bashang ko‗rinishni
cho‗ntakdan chiqqan kir ro‗molcha bir pul qiladi. Sochlar doimo toza bo‗lishi va
tiniq ko‗rinish kasb etishi lozim. Erkaklar kunda soqolini olib turishi, kerak bo‗lsa,
kechqurun mehmonga borish uchun to‗q kostyum kiygan bo‗lsa ham ikki martadan
olishga to‗g‗ri keladi. Eng ahamiyatlisi, nafaqat ozoda bo‗lishi balki, tiqilgan
dazmollangan bo‗lishi ham shart. Oyoq kiyimlarni hatto yomg‗ir kunlari ham
tozalab chiqish kerak Zero, ular gohida egasini holatini «sotib» turadi.
Zamonaviylik unga asosiy xususiyatlarda individual tarzda moslashuvni taqozo
etadi. Aslida hech qanday moda xunuk yoki chiroyli bo‗lmaydi, u doimiy
mezonga ega emas. Kecha qabul qilinmagan narsa, bugun tabiiy ko‗rinishi
mumkin. Tabiatning shu xususiyati tufayli biz ba‘zida ko‗rinishimizni yangilab
turish imkoniyatiga egamiz. YAngi chiqqan zamonaviy liboslarga moslashish
odatdda sal qiyinroq kechadi. Deyarli hamma vaqt ko‗pchilikni hayratga soladi.
Tajribadan shuni bilamizki, bir yildan so‗ng yangi chiqqan rusm bizga o‗z hukmini
o‗tkazadi, keyin esa xuddi shu uslubga moslashib olgandan so‗ng, undan voz
kechishdan bosh tortamiz. Zamonaviy narsalar odatda ayollar uchun uch yil,
erkaklar uchun besh yil xizmat qiladi. Eski modani «ushlab» turishga intilib,
yangisi bilan kurashishni to‗xtatgan ma‘qul.
Zamonaviy narsani sotib olib, uni «ayash uchun» kamdan-kam ishlatib,
shkafga qo‗yib qo‗ygan odam qattiq adashadi. Ba‘zida bunday narsalarni eski
sarqit sifatida olib tashlashga to‗g‗ri kelib qoladi.
67
Rusm (moda) me‘yor hissini, davr talabi, did va yoshga e‘tiborni talab qiladi.
SHunday odamlar borki, ular tezda zamonaviylikning ba‘zi unsurlarini ilib oladi,
boshqalarga esa
Do'stlaringiz bilan baham: |