Kelin bo‗lish odobi:
Biz o‗zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum –
kelinlik bo‗lib, bu nafaqat kelinning o‗zi, balki yoshi kattalar uchun ham muhim
139
xususiyat kasb etadi. Ba‘zilar uchun bu hayotning ma‘nosiga aylanib qolganligi
hayron qolarli emas. Kelin odobi — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol
bo‗lish, rostgo‗ylik va o‗zini tuta bilish, so‗zlashish va muosharat, kuyov
xonadonidagi oila a‘zolari bilan til topishib ketish, hurmatini qozonish, kamtarliq
saranjom-sarishtalik kabilarni o‗zida qamrab olgan.
Momolar, yangalar o‗giti ". . . Kelin bo‗ldingiz, umr yo‗ldoshingizni jon dildan
seving, unga vafodor va sadoqatli bo‗ling, kelin bo‗lib kelgan kuningizdanoq yangi
oilangizni hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz etganicha qarashing, mehnatda
pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo‗lasiz.
Bilmaganlaringizni o‗rganishga intilishingiz ham sizga nisbatan mehr
uyg‗otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo‗ying".
Har tongda kelinning salomidek ko‗ngilni ko‗taradigan narsa bo‗lmasa kerak
Muomalaning har qanday sharoitda ham muloyim va e‘tiborli bo‗lishi, tabassum
va mayinlik bilan gapirishi lozim. ―Kechagina kelib‖, hamma gapga ham
aralashaverish, kattalarni boshqarishga intilish, keksalar oldida bolalarni urushish,
―o‗zini uddaburonligini‖ barchani oldida ko‗z-ko‗z qilish, boshqalar oldida ―kim
qiyin hayot kechirayotgani‖ borasida musobaqa o‗ynash – bechoradan olib o‗zini
bechoraga solish – atrofdagilar nazarida juda xunuk ko‗rinish kasb etadi.
Milliy qadriyatlarimizdan biriga aylangan Islom dinida ayol kishining ikki
majburiyati belgilangan – birinchisi turmush o‗rtog‗ini ko‗nglini olish, ikkinchisi –
agar sog‗lig‗i bunga yo‗l bersa, farzand ko‗rish hisoblanadi. Hammaga yoqish, uy,
ro‗zg‗or buyicha kuyib pishish birinchi navbat turmaydi. Demaq kelin avvalambor
uni baxtli qilishi mumkin bo‗lgan turmush o‗rtog‗iga e‘tiborli bo‗lishi zarur. Eriga
haqoratomo‗z yoki qattik tik boqish, zarda qilish, bo‗lar-bo‗lmasga gap
talashaverish, uni pastga urish kelajakda oilani ―darz‖ ketishiga asos bo‗lib xizmat
qiladi. Erkak kishi buni unutmaydi. Kamsuqum va mehribon bo‗lish, umr
yo‗ldoshni ko‗chadan uyga tortadi. Xalqimizda "CHiqqan qiz — chig‗iriqdan
tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak shu xonadon sizning uyingiz.
Huda-behudaga uyni tashlab ketish, o‗zini ota-ona, kelini va aka-ukalar oldida
mazluma qilib ko‗rsatish uchun gap tashimang, qo‗ni-qo‗shniga, qarindosh-
140
urug‗ga, dugonalarga yangi oila, ro‗zg‗or, ayniqsa, shaxsiy munosabatlar haqida
barcha narsani gapirish, xullas siringizni tashqariga chiqarish yaramaydi. Barcha
sizga achinadigan, o‗z oilasini omadsiz keliniga qaragandeq hatto ular sizni ota-
onangiz bo‗lsa ham, qarashlariga yo‗l qo‗ymaslik lozim.
Qo‗ni-qo‗shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq chehra,
aql-farosat bilan muomala qilish nafaqat boshqalarda, balki insonning o‗zida ham
ko‗tarinki kayfiyatni paydo qiladi. Albatta kechagina bola bo‗lib yurgan qizlar
birdan uy bekalikning talablariga javob berish juda qiyin masala. Demaq har
qanday sharoitda ham kelinlar o‗zlarini unutmasligi lozim. Bunda biz jismoniy –
salomatlik bilan bog‗liq, ruhiy, axloqiy va estetik jihatlarni nazarda tutyapmiz.
Jismoniy salomatlik – tibbiy yordamni unutmasliq o‗zini tibbiy madaniyatga
ega ekanligi, yaxshi ovqatlanishi, xullas doimo sog‗lig‗ini nazorat qilab turish
lozim.
―Sog‗liqni saqlash san‘ati odam gavdasini uning munosib va yoqadigan
narsalarini saqlash orqali o‗sha tabiiy ajal (kasallik bilan bog‗lik bevaqt o‗limlarni
oldini olish – o‗zoq umr ko‗rishga intilish.) deb ataladigan yoshga etkazishdan
iborat‖. Axloqiylikka kelsak – ba‘zida kattalarning xatosi yoshlarni noto‗g‗ri
yo‗ldan yurishi – yolg‗onchi, g‗iybatchi, noshukur hamda hiylakor bo‗lib qolishiga
sabab bo‗lib qoladilar. Oilani bunday yo‗llar bilan saqlab qolishingiz mumkin,
ammo keyinchalik kimga aylanib qolishi mumkinligi borasida o‗ylab qo‗ygan
ma‘qul. Bu kelajakda farzandlarga ham ta‘sir qilishi tabiiy:
―Bolalarni kattalarning aytadigan so‗zlari emas, ularning qilgan amallari
tarbiyalaydi‖.
Bunda ziddiyatlarni axloqiy anglashni rivojlantirish – adabiyotlar, axloqiy
tafakkurni boyitishga harakat qilish orqali hal qilsa bo‗ladi.
Sog‗lomlashtirishning ruhiy jihatlari – ko‗proq kelinlarning o‗zini kayfiyatini
yuqori kayfiyatda saqlab turishiga bog‗liq. O‗ziga oro berish ham bir tomondan
boshqalarga sizni munosabatingizni o‗zgartirsa, ikkinchi tomondan insonni ruhini
ko‗taradigan xususiyatlardan biridir.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |