Do„kon.
Do‗kondagi harid jarayonida, sotuvchini ikqilanishdan paydo bo‗lgan
turli injiqliklar bilan qiynamaslik joiz. Kassaga yaqinlashganda qiymat
aniqlangach, oxirgi daqiqalarda karmon yoki sumka kavlab vaqt ketkazmaslik
uchun harid uchun taxminiy hisob bo‗lishi lozim. Qaytimni tekshirib, o‗zoq qolib
ketish ham nojoiz. Hayotning zamonaviy tizimi bizdan aniq va tez harakatlarni
talab qiladi. Do‗kon eshigida avval chiqayotganlarni o‗tkazib yuborib, so‗ng kirish
tiqilinchni paydo qilishning oldini olgan bo‗lasiz.
Katta do‗konlar va boshqa ko‗pchilikka xizmat ko‗rsatadigan muassasalarda
bosh kiyim echilmaydi. Ammo individual xizmat ko‗rsatilayotgan mijoz (masalan:
atele, sberkassa yoki pochta) bosh kiyimini echishi va xizmatchi bilan
ko‗rishmog‗i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |