O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

bolalar 
kasalxonasida
 ham tibbiy xizmat tashkil  etiladi. 
 
Bolalar kasalxonasi. Bolalar kasalxonasi tarkibi. 
 
Bolalar kasalxonasi profili (ixtisoslashtirilgan va ko’p ixtisosli), tashkiliy ish 
sistemasi (birlashgan va mustaqil) va xajmiga ko'ra (o’rinlar soniga asosan) bir 
necha turlarga bo'linadi.  
Bolalar kasalxonasi tarkibiga profiliga ko'ra ya'ni pediatriya,:jarrojlik, 
yuqumli kasalliklar yo'nalishlari bo'yicha bolalar bo'limlari kiradi, ular o’z yo'lida 
yoshiga qarab 3-yoshgacha, jinsini xisobga olgan xolda  3 yoshdan katta bolalar 
bo'limlaridan tashkil topadi. Bundan tashqari bolalar kasalxonasi laboratoriya-
diagnostika va patalogoanatomik bo'limlardan iborat. 
Bolalar kasalxonasi ishini tashkil qilishning asosiy xususiyatlaridan biri, bu 
yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olishdan iboratdir. Bu ishni jadallashtirib 
olib borilishi natijasida kasalxonada ichki infeksiyani tarqalishini kamayishtirishga 
erishish va bo’sh qolayotgan o’rinlar sonini qisqartirish mumkin. Shu maqsadda 
bolalar kasalxonasi qabul bo'limida qabul-ko’ruv boksi tashkil qilinadi va u 
umumiy o’rinlarning 3 %ini qamrab oladi.  Bundan tashkari kasalxonaga bolalarni 
joylashtirishda yuqumli kasalligi bor bemorlar bilan aloqa qilmaganligi to'g'risida 
SESdan ma'lumotnoma hamda vrach-pediatrdan bola o'sish davrida o’tkazgan 
yuqumli kasalliklari ruyxati talab qilinadi. Bular bolani gospitalizasiya qilinish 
masalasini to'g'ri xal etishda yordam beradi.  
Kasalxonada  ichki infeksiyani tarqalishini oldini olish maqsadida 1 
yoshgacha bo'lgan bolalar palatalari 1-2 o’rinli, katta yoshdagi bolalar palatalari 4 
o’rinli qilib tashkil qilish ko’zda tutiladi. Palata seksiyalari bir-biridan ajratilgan 
bo'lishi, ular orasidagi devorlar oynali bo'lishi talab qilinadi.  
Bolalar kasalxonasida bolarning ovqatlanishiga, ayniqsa 1 yoshgacha 
bo'lgan bolalar ovqatlanishiga hamda bola yoshiga qarab kun tartibini tuzishga 
katta e'tibor beriladi.    
Kasalxona ishining asosiy tarkibiy qismi davolash-muhofaza tartibini tashkil 
etishdir. Bolaning, ayniqsa kichik  yoshdagi bolalarning kurkuvi ularning nafaqat 
ota-onalaridan ajralib qolishi, balki tibbiy muolajalarni qo’llanishida ham namoyon 
bo’ladi. Shuning uchun kasalxonada tibbiy muolajalarni hamisha bir vaqtda, ya'ni 
bolalarning  tetikligida olib borish tavsiya etiladi.  
Bolalarga ko'rsatiladigan tibbiy xizmat samaradorligini oshirish maqsadida 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007  yil 10 aprelda  155-sonli 


162 
 
"O’zbekiston   Respublikasida bolalarga stasionar xizmatini tashkil qilish" 
to'g'risida buyruq qabul qilindi. Bu buyruqga asosan bolalar kasalxonasining 
vazifalariga quyidagilar kiradi: 
-  stasionar tibbiy xizmatiga muxtoj bo'lgan bolalarga o’z vaqtida samarali 
tibbiy xizmatni ta'minlash maqsadida bolalarni gospitalizasiya qilish; 
- yashash joyidan qat'iy nazar barcha  yoshdagi bolalarga xayotiga xavfli 
bo'lgan holatlarda shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatish; 
- bolalarni gospitalizasiya qilish va davolashda boshqa bolalar kasalxonalari, 
birlamchi tibbiy muassasalar, tug’ruqxonalar, shoshilinch yordam va boshqa 
davolash-profilaktik xizmat ko'rsatuvchi muassasalar bilan uzviy bog'liqlikni 
ta'minlash; 
- davolash-diagnostika xizmatini samarasini oshirish maqsadida kasalxona 
bo'limlari ish uslublari va formalarini takomillashtirish; 
- kasalxonada ichki infeksiya tarqalishini oldini olish maqsadida  sanitar-
gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni qo'llash; 
- kasalxonadagi tibbiy xodimlarni malakasini oshirish maqsadida seminar va 
konferensiyalar tashkil qilish. 
  

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish