Epidemiyaga qarshi o'rnatiladigan tartib.
Tug’ruq qabul qiluvchi muassasalarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri
tug’ruqdan keyingi davrda yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan chaqaloqlar va
ayollarning bo'lishidir. Shuning uchun bunday muassasalarda o’z vaqtida gnoy-
septik kasalliklarni aniqlash, ajratib qo’yish, bakteriya tashuvchilarni erta aniqlash,
sanasiya o’tkazish, tibbiy xodimlarni qo’llari va operasiya qilinadigan teri yuzasini
zararsizlantirish usullari, bel'yolarni, instrumentlarni, bog’lov moslamalarini,
shprislarni sterillash, atrof-muhitni dezinfeksiya qilish kabi kompleks sanitar-
gigienik tadbirlar olib borilishi lozim.
Bo'lim mudiri ko’rigi kvartalda 1 marta tashkil qilinadi. Bo'lim mudirasi
xodimlar orasida stafilakkok tashuvchilarini aniqlash maqsadida tekshiruv
ishlarini tashkillashtiradi. Kasalxonada ichki infeksiya tarqalgudek bo’lsa,
tug’ruqxonaga qabul to’xtatiladi.
Tug’ruqxonada epidemiologik tartibga rioya qilinishi territorial boshqaruv
xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |