9 .3 . S u g ‘urtalash turlari va ularni
takomillashtirish y o ila r i
Sug‘urta tashkiloti-bu maxsus sug‘urtalash kompaniyasi. Hozirgi kunda
0 ‘zbekistonda sug'urtalash davlat va nodavlat sug‘urtalash idoralari
tomonidan o'tkaziladi. Sug‘urta tashkilotlari o ‘z tarkibiga turli sug‘urta
jamiyatlari, kompaniyalari, xalqaro va mintaqaviy moliyaviy guruhlar
hamkorligidagi qayta sug‘urtalovchi kom paniyalari, davlat sug‘urta
kompaniyalari mustaqil faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari b o ‘lib
hisoblanadi. Huquqiy tomondan sug‘urta tashkilotlari mamlakatdagi amal
qilayotgan qonunlar doirasida faoliyat yuritadi. Moliyaviy tizimning
mustaqil bo‘lishi sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa
qo'shadi. Sug‘urta tashkilotlari mamlakat hududida boshqa tashkilotiar
bilan shartnomalar tuzish, sug‘urta fondlarini shakllantirish, vaqtincha
bo'sh pul mablag'larini foyda keltiradigan sohalarga sarmoya sifatida
yo'naltirish, chiqargan qimmatli qogozlarni sotish, b o ‘sh pul mablag'larini
foyda olish uchun kreditga berish huquqiga ega.
Sug‘urtalovchi — sifatida yuridik va jism oniy shaxslar tushuniladi,
ular sug‘u rta tashkiloltlari bilan m uay yan sug ‘u r ta m u n o sa b a tla ri
o ‘rnatib sug‘urta summasini t o ‘laydilar.
Sug‘urtalash obyekti va predmeti b o ‘lib shaxsning sog‘ligi, hayoti
yoki m ol-m ulki hisoblanadi.
S u g 'u r ta b a h o s in i n g u s h b u ib o ra m o l- m u l k n i s u g ‘u r ta l a s h
jarayonida qo'llanidadi. Bu jarayonda sug'urta summasini belgilash
u c h u n a w a l o su g 'u rta obyektini bahosini t o ‘g ‘ri a n iqlash kerak.
Sug‘urta summasi deb shunday m ablag‘larning tushishi kerakki, bu
summaga m o l-m ulk , shaxsning hayoti yoki sog'ligi sug'urtalanadi.
Sug'urta ta ’rifi deb sug'urta summasining birlik qismini tushunish
lozim. Sug‘urta t a ’rifi asosida sug'urta fondi shakllanadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi «Sug‘urta to ‘g‘risidagi « qonunining 10 moddasi 2-bandiga
ko ‘ra «Sug'urta t a ’riflari sug‘urtaga doir t o ‘lov m iqdorlari bo 'lib,
ular sug'urta tashkiloti sug'urta pulini to'lash (sug‘urta tovoni), zaxira
fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy m ablag' bilan
t a ’minlaydigan m iqdorda belgilanadi. Majburiy sug'urta turlariga doir
sug‘urta t a ’riflari q o n u n hujjatlarida belgilab q o ‘yiladi. Ixtiyoriy
su g 'u rta tu rlarig a doir s u g 'u rta t a ’rifming m iqdori to m o n la r n in g
kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Fuqarolarni ixtiyoriy va majburiy sug'urtalash, sug'urta shartno m a
munosabatlari eng keng tarqalgan ijtimoiy soha bo'lib, uning vositasida
moddiy va boshqa manfaatlarni kutilmagan hodisalardan muhofazalash
ana shunday noxush hollar yuz bergan taqdirda esa u n in g salbiy
oqibatlari t a ’sirini bartaraf etish yoki loaqal kamaytirishni t a ’minlaydi.
Shaxsiy sug'urta ommaviy bo'lib hisoblanadi. Qonunda ko'rsatilgan
shaxslardan sug'urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti,
sog'ligi yoki m ol-mulkini, yoxud o'zining boshqa shaxslar oldidagi
fuqarolik javobgarligiga o 'z hisobidan, yoxud m anfaatdor shaxslar
hisobidan sug'urta qilish majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda
sug'urta shartnom alar tuzish yo'li bilan amalga oshiriladi. Majburiy
sug'urtada sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchi bilan sug'urtaning ushbu
turini tartibga soladigan q onun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda
shartnom a tuzish shart. Q o nunda fuqarolarning hayoti va m ol-mulkini
davlat budjeti mablag'lari hisobidan majburiy sug'urta qilish hollari
nazarda tutilishi mumkin. Mulkiy sug'urta shartnomasiga muvofiq bir
taraf (sug'urtalovchi) sh artnom ada nazarda tutilgan voqea, sug'urta
hodisasi sodir bo'lganda boshqa tarafga (sug'urta qildiruvchiga) yoki
shartnom a qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan bo'lsa, o 'sh a shaxsga
bu hodisa oqibatida sug'urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud
sug'urtalovchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog'liq zararni
shartnom ada belgilangan sum m a doirasida to'lash majburiyatini oladi.
Sug‘urta shartnomasi kelgusida yuz berishi ehtimoJi bo'lgan risk tufayli
vujudga keladigan zararli oqibat o ‘rnini sug‘urtalovchi to m o n id a n
sug‘urtalovchiga oldindan to'lanadigan m u n ta z am to ‘lab boriladigan
haq evaziga t o ‘liq yoki qisman qoplashning huquqiy vositasi sifatida
sug‘urta tashkilotlari to m o n id an amalga oshiriladigan tadbirkorlik
faoliyati sifatida m uayyan xususiyatlarga k o ‘ra tasniflanish m um kin.
Sug‘urtalash obyektlariga ko‘ra mulkiy va shaxsiy sug'urta farqlanish
lozim.
Mulkiy sug‘urta o ‘z navbatida ko‘char va k o ‘chm as mulklar sug'ur-
tasiga, shaxsiy s u g ‘urta esa sog‘liqni yoki hayotni sug‘u rtalashg a
b o ‘linishi m u m k in . O 'z n a vbatida m u lk iy s u g 'u r t a n in g k o ‘plab
ko ‘rinishlari uy-joylarni, transport vositalarini, u y -ro ‘zgor anjomlarini,
k orxonalarni va h ok azo. Shaxsiy s u g 'u rta n in g xim a-xil shakllari
bolalarni sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar
uchraydi.
S u g ‘u r ta m u n o s a b a t i su b y e k tla rig a k o 'r a j i s m o n i y s h a x s la r
sug'urtalanuvchi b o 'lib qatnashadigan va yuridik shaxslar su g 'u r-
talanuvchi bo ‘lib qatnashadigan sug'urta shartnom alari o ‘zaro farq-
lanadi.
Sug‘urtalovchi shaxslarga ko‘ra sug‘u rta sh a rtn o m a la ri davlat
sug'urta tashkilotlari tom onidan amalga oshiriladigan sug‘urta sh a rtn o
malari ham da nodavlat mulkchiligi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil
sug'urta tashkilotlari tomoniga, shu jum ladan 0 ‘zbekistonda sug'urta
faoliyati bilan shug'ullanishga litsenziya oigan c h e t ellik su g 'u rta
tashkilotlari ishtirokidagi sug'urta shartnomalari mavjud bo ‘ladi. Yuqo-
ridagilardan tashqari iqtisodiy tarmoqlariga k o ‘ra yoki tadbirkorlik
faoiiyatining ayrim y o ‘nalishlariga muvofiq tarzda tuziladigan sug‘urta
shartnomalari ham ko'pgina o ‘ziga xos jihatlarga ega bo'ladi va bu
jihatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukum ati qarorlarida, ushbu soha-
dalarda sug'urta shartnomasini tuzishga oid maxsus qoidalarda belgilab
qo'yiladi. U shbu nuqtayi nazardan sug'urta shartnom alarining quyidagi
turlarini qayd etish mumkin:
1. Qishloq xo'jaligi faoliyatini sug‘urtalash.
2. Qurilish tashkilotchiligini sug'urtalash.
3. E ksport-im port faoliyatini sug'urtalash.
4. Tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash.
5. Transport vositalarini sug'urtalash.
6. Tibbiy sug'urta.
7. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi.
8. Shartnom alarning bajarilishini sug'urtalash.
9. Kredit jarayonini sug'urtalash.
10. U y -ro ‘zgor buyumlarni sug‘urtalash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |