bo'lgan talab va taklif asosida, valutalarning tarixiy masshtabi atrofida
tebrana boshladi. Bunday muvozanatsiz sharoitda vaiutalarning kursi
qisqa vaqt ichida tez o'zgaradigan bo'lib qoldi.
K o‘p hollarda barcha davlatlar milliy valutalarining kursi AQ SH
dolían yoki Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan belgilanadi.
A m m o tashqi savdo m unosabatlarida albatta biror bir valutaning
boshqa bir valutadagi kursiga zarurat tug‘ilib turadi. Masalan, Yaponiya
eksportyor Germaniya importyor bo'lsa, unda albatta 1 Nem is markasi
q ancha Yapon iyenasiga t o ‘g ‘ri keladi, degan savol tug‘iladi. Bunga
javob berish uch un kross-kurs uslubidan foydalaniladi. Kross-kurs
t o ‘g ‘risida ushbu darslikning 5-mavzusida batafsil yoritilgan.
Milliy valuta savdo qilinayotgan, xorijiy valuta esa kotirovka
valutasi bo'lgan holdagi kotirovka turi teskari kotirovka b o ‘ladi.
T o ‘g ‘ri kotirovkada «Bid» sotib oluvchi kursi banklar tom on idan
savdo qilinayotgan valutani sotib olish va milliy valutani sotish kursi
b o ‘ladi. «Offer» kursi banklar tom o n idan savdo qilinayotgan valutani
sotish va milliy valutani sotib olish kursi hisoblanadi. «Bid» va «Offer»
kurslarining farqi sifatidagi m iqdor «spred» deb ataladi.
Valuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: «spot» kurs, sotuvchi
va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, «autrayt» kursi.
«Spot» kurs — bu, naqdli (kassa) shartnomasi kursidir. U «spot»
shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valutasining
bahosini boshqa m amlakat valutasidagi ifodasidan iborat.
«Spot» kurslar erkin suzadigan yoki q a t’iy belgilangan b o ‘lishi
m um kin. Ular milliy valutani m am lakat tashqarisida shartnom ani
amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini ko'rsatadi.
Ba’zi davlatlar valutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga
qaram asdan valuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini
amalga oshirishda, asosan tovar h am da xizmatlar importida valuta va
«spot» kurslari bir xilda q o ‘llanilishi mumkin.
Forvardli kurs — bu, muddatli valuta shartnomalari kursidir. U
kelgusida m a ’lum bir sanaga valutani yetkazib berish sharti bilan
sotish yoki sotib olish bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valuta
operatsiyasida kurs uning ijrosi m a ’lum bir m uddat o ‘tganidan so‘ng
amalga oshsa ham sh a rtno m a tuzilish paytida qayd etiladi.
Valuta kursiga t a ’sir etuvchi omillar ju d a ko‘p, ularning ichida
eng m uhimlari ko'rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: