Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

Xalqaro  turizm 
dunyoning  boshqa  mamlakatlari  singari 
(Uzbekistan  iqtisodiyoti  uchun  ham  muhim  soha  hisoblanadi. 
O'zbekistonga  kiruvchi  xorijiy  turistlaming  aksariyati  Toshkent — 
Samarqand  -  Buxoro -  Xiva  yo‘nalishi  bo‘yicha  sayohat  qiladilar.


Chunki 0 ‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda 
yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk  Ipak yo‘liga taalluqli  ko‘pgina 
obyektlar  aynan  shu  joylarda  saqlanib  qolingan  ( 0 ‘zbekistonga 
guruhlarda  tashrif  buyuruvchi  turistlaming  aksariyati  Buyuk  Ipak 
yo‘li yo‘nalishi doirasi harakatlanadilar).  Shuningdek,  Surxondaryo, 
Qashqadaryo  va  Farg'ona  vodiysi  viloyatlarida  ham  turistlami jalb 
etishi  mumkin  boigan  ko‘plab  muhim  turistik jozibador  manzillar 
mavjud bo‘lsa-da, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlar- 
ni  bu  yerga  kelishiga  to‘sqinlik  qilar  edi.  Bu  kabi  kamchiliklami 
bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovoni- 
dan  o‘tuvchi  yo‘l  qayta ta’mirlandi,  Surxondaryoga  Samarqanddan 
va  Toshkent  shahridan  Buxoro  va  Samarqand  shaharlariga  turist­
lami  tashish  uchun  yangi  elektrlashgan  temir  yo‘l  qurildi,  bu joy­
larda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda.
0 ‘zbekistonga  kiruvchi  xorijiy  turistik  sayohatlar  sonining 
o‘sishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan holatlar:
•  0 ‘zbekiston  to‘g‘risidagi  dastlabki  va  so‘nggi  taassurotlami 
qoldiruvchi  bojxona  xizmati  xodimlarining  turistlar  bilan  bo‘lgan 
muomala madaniyatini yaxshilash;
•  mehmonxonalarda  tayyorlanayotgan  taomlaming  zamonaviy 
talablarga javob berishi;
•  0 ‘zbekiston  ichidagi  mehmonxona  xizmatlari  hamda  trans­
port  narxlarini  asosiy  raqobatchilarimizga  nisbatan  muvofiqlash­
tirish;
•  turistik  esdalik  uchun  xarid  qilinadigan  milliy  suvenirla- 
rimizning  xilma-xilligi  oshirilib,  yo‘qolib  ketgan  bir  qator 
hunarmandchilik turlarini tiklash va qayta tashkil etish;
•  targ‘ibot  masalalariga  yetarlicha  e’tibor  berilib,  xorijiy 
fuqarolaming  0 ‘zbekiston  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarining chegarasi 
kengaytirib  borilmoqda,  bunda  ayniqsa,  Germaniya  va  Italiyalik 
biznes hamkorlaming vositachiligidan samarali foydalanilmoqda;
•  turistlar  ixtiyoriga  taklif  etilayotgan  tovar  va  xizmatlarning 
servis sifati narxiga moslashtirish.
Yuqorida  sanab  o‘tilganlami  bartaraf  etish  bilan  birgalikda, 
ko‘rsatilayotgan  turistik  xizmatlarning  sifatli  boiishiga  harakat 
qilinmoqda. Shuningdek, chet ellarda 0 ‘zbekiston turizmini reklama
330


qilishda  barcha  turistik  korxonalaming  tashviqot-targ‘ibot  ishlari 
raqobatchilardan farq qiluvchi  umumiy mavzu  ostida birlashtiriJishi 
0 ‘zbekistonning  xalqaro  turizm  bozorida  o‘z  o‘mini  mustahkam 
egallashiga yordam beradi. Buning uchun o‘zimiz egalik qilayotgan 
turistik  resurslarimizni  yana  bir  bor  qaytadan  chuqur  o‘rganib 
chiqish, ulardan samarali va barqaror foydalanish yoilarini aniqlash 
va  shu  asosida  Milliy  turistik  brendni  ishlab  chiqish  lozim  boi- 
moqda.  Shu  sababli,  Turizmni  rivojiantirish  davlat  qo‘mitasi tomo­
nidan  o‘lkamiz turistik resurslari  o‘rganib chiqilib, turistik resursla- 
rimizning  maxsus  kadastlari  yaratilmoqda.  0 ‘zbekiston  xalqaro 
turizmini  rivojiantirish  uchun  xizmat  qila  oladigan  milliy  resurs- 
laming  anchasi  hali  ochilmagani  katta  imkoniyatlar  mavjudligini 
ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda bozor munosabatlari  sharoitida xalqaro turizmni 
rivojiantirish  chora-tadbirlari  davlat  tomonidan  belgilangan  boiib, 
iqtisodiy  aloqalami  yanada  rivojiantirish  uchun  turli  bitimlar, 
kelishuvlar  amalga  oshirilgan  va  oshirilmoqda.  Bugungi  kunda 
xalqaro  turizmni  rivojlantirishda  amalga  oshirilishi  lozim  boigan 
ishlar qo‘yidagilardan iborat boimoqda:
•  xalqaro  turizmda  kichik  tadbirkorlik  faoliyatidan  keng 
foydalanish va xalqaro bozoriarga chiqishga intilish;
•  mahalliy  axborot  agentliklari  orqali  rivojlangan  mamla- 
katlarni  0 ‘zbekistonning  turistik  imkoniyatlari  bilan  yaqindan 
tanishtirishga harakat qilish;
•  turizm  sohasida  ishlaydigan  mutaxassislami  chet  ellarda  bir 
yilda  kamida  bir  marta  malaka  oshirishga jo ‘natish,  o‘qitish,  ular 
uchun  barcha  imkoniyatlami  yaratib,  turistlarga  sifatli  xizmat 
ko‘rsatishni yoiga qo‘yish;
•  respublikamiz vakillarining  Yevropa  mamlakatlarida o‘tkazi- 
ladigan  turistik  xalqaro  yarmarkalarda  doimiy  ravishda  ishtirok 
etishini ta’minlash;
•  xalqaro  turistik  tashkilotlar  bilan  axborot  almashishni  yax- 
shilash,  birgalikda faoliyat yurita  oladigan  davlatlar  bilan  qo‘shma 
korxonalar tuzish va ular faoliyatini keng yoiga qo‘yish;
•  ichki turistik bozorda o'zaro raqobatni yanada kuchaytirish va 
boshqa tadbirlami amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.
331


Xalqaro  turizmni  rivojlantirish  0 ‘zbekiston  iqtisodiyoti  uchun 
g‘oyatda  zarur  boiib,  uning  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda 
turizm  sohasi  orqali  aholining  moddiy  farovonligini  yaxshilash, 
ulami  doimiy  ish  bilan  ta’minlash  maqsadida  yangi  ish  o‘rinlari 
tashkil  etilmoqda.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  xalqaro  turizmning 
rivojlanishi,  unga  bo‘lgan  munosabatning  ijobiy  tomonga  siljishi 
bilan  belgilanmoqda.  Respublikamiz  sharoitida,  ayniqsa,  kichik 
biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  turizmning  imko- 
niyatlari  boshqa sohalarga qaraganda juda katta.  Shu tufayli respub- 
likadagi  iqtisodiy  barqarorlik  va  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma- 
bosqich o‘tish jarayoni tadbirkorlarga keng yo‘l ochishi bilan birga, 
uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug'dirmoqda.
Jahondagi  har  bir  davlatning  iqtisodiy  yuksalishida  asosiy 
omillardan  biri  tinchlik,  osoyishtalik,  barqarorlik  va  ijtimoiy 
adolatdan  iboratdir.  0 ‘zbekiston  hozir  Markaziy  Osiyo  mintaqa- 
sidagi  iqtisodiyoti  barqaror  rivojlanib  borayotgan  davlatlardan  biri 
bo‘lib,  o‘ziga  xorijiy  investorlami,  ishbilarmonlami  va  turistlami 
jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi.
0 ‘zbekistonning  jahon  turizm  bozoridagi  salohiyatiga  baho 
beradigan  bo‘lsak,  uning  Markaziy  Osiyo  davlatlari  ichida  eng 
yuqori  imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘ramiz, bu haqida respublika 
hududida  mavjud  bo‘lgan  yetti  mingdan  ortiq  qadimiy  me’mor- 
chilik, monumental  san’at yodgorliklari dalolat  beradi.  0 ‘zbekiston 
tarixiy  me’morchilik  yodgorliklarining  umumiy  soni  bo‘yicha 
jahondagi yetakchi  o‘nta mamlakatlar qatoriga kiritilib,  to‘rtta yirik 
shaharlari  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  va  Shahrizabz  YUNESKO 
tomonidan  jahon  madaniyati  yodgorliklari  markazi  sifatida  tan 
olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofaza qilinadi.
0 ‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy 
obidalar  bilan  bir  qatorda  dam  olish  va  madaniy  hordiq  chiqarish 
uchun  xizmat  qiladigan  turistik  obyektlaming  ham  mavjudligi 
muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  0 ‘zbekistonda  xalqaro  turizmni 
rivojlantirishda  ziyorat turizmining ham katta imkoniyatlari mavjud 
bo‘lib,  bu  borada  yurtboshimiz  tomonidan  Samarqand,  Buxoro, 
Toshkent shaharlaridagi 

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish