20.2. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojiantirish holati
Globallashuv sharoitida 0 ‘zbekistonda xalqaro turizm sohasini
rivojiantirish uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yuzaga
kelganligi, turizmning respublika iqtisodiyotiga yanada integrat-
siyalashuvi mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon iqtisodiyoti tajribalaridan ma’lumki, xalqaro turizm
sohasi mamlakat budjeti uchun zarur boigan valyuta tushumini
ta’minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan
birgalikda, aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun xizmat
qiladi. Respublikamiz xalqaro turizm sohasidagi imkoniyatlarining
kattaligi bilan qo‘shni mamlakatlardan tubdan farq qiladi.
0 ‘zbekistonning geografik o‘mi, nihoyatda qulay, tabiiy iqlim
sharoitiga ega ekanligi, insoniyat rnadaniy taraqqiyotida ham katta
o‘rin tutadi. 0 ‘zbekiston betakror, ajoyib tarixiy arxitektura
yodgorliklari, shirin-shakar mevalari, xilma-xil milliy taomlari,
ajoyib milliy an’analari, urf-odatlariga ega boigan mehmondo‘st
xalqiga ega. Bularning barchasi chet ellik turistlar e’tiborim o‘ziga
tortadi va ulami 0 ‘zbekistonga yana qayta kelishiga undaydi.
Nufuzli olimlaming fikriga ko‘ra, 0 ‘zbekiston davlatchi-
ligining shakllanish tarixi miloddan awalgi ikki minginchi yillardan
boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davmi qamrab oladi. Ko‘hna
Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta asrlar ilm-fani,
san’ati va madaniyatining virik markazlari sifatida dunyoga dong
taratgan va YlMESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda
qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari
boiib kelgan.
327
Qadimiy madaniyatlar beshigi bo‘lgan bu shaharlarda ilk va
keyingi o‘rta asrlardayoq ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalari, hunar-
mandchilik va savdo-sotiq keng rivojlangan, muhtasham saroylar,
masjid va madrasalar barpo etilgan. Bunday go‘zal shaharlarni
bunyod etish uchun nafaqat mohir usta va quruvchilar, balki
matematika, astronomiya, fizika, arxitektura, geometriya, geode-
ziya, seysmologiya va kimyo kabi fundamental fanlarni chuqur
biladigan olimlarning bilim va tajribasi ham kerak bo‘lgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalqaro turizmning pay do
bo‘lish va shakllanish tarixining tahlili savdo munosabatlarini
o‘matish, dam olish va sayohat bilan bir qatorda, dunyo xalqlarining
tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini o‘rganish, bilish va
buning natijasida odamlar, elu elatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘ri-
kenglik fazilatlarini mustahkamlash ham turizmning muhim tarkibiy
qismi bo‘lgan.
Xalqaro darajada turistik xizmatlar bozorining rivojlanish ten-
densiyalarini ko‘rib chiqishda ko‘pgina davlatlar uchun chiquvchi
turistlar oqimining o‘sishi, jumladan, 2014-yildan keyingi davrda
chiquvchi turizmning yuqori sur’atlarda ko‘payishi kuzatilmoqda.
Chiquvchi oqimning yillik eng yuqori ko‘payish sur’atlari Birlash-
gan Arab Amirligida — 49, 8%, Kipr mamlakatida — 40,7%, Turkiya
mamlakatida - 31,9% ni tashkil qilmoqda6s.
Dunyoda hajmi bo‘yicha barqaror hisoblangan ekskursiya-
tanishuv turizmi bo‘yicha Fransiya davlati ustun hisoblansa, AQSH
va Germaniya davlatlari xizmat maqsadidagi safarlar bo‘yicha
ustunlik qilmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda 0 ‘zbekistondagi siyosiy
barqarorlik, tinchlik- totuvlik muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Xalqaro turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mam
lakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori 1ю‘ИЬ, chet el
valyutasi va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin soha-
laming tez o‘sishiga, aholi bandligi muammolarini hal etishda
yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini
oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf - xarajat
“ United Nations World Tourism Organization.Yearbook of Tourism Statistics. Madrid: UNWTO, 2015.
328
bilan turizm sohasida katta vafyuta miqdori kelib tushishini
ta’minlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |