Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


yosh y o ‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

yosh y o ‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik
 
y o ‘nalishlarga nisbatan 2-3  barobar jadal kechmoqda46.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov
 
Singapur Respublikasiga Davlat tashrifi arafasida shu mamlakatning
46 http://kun.uz/news/2017/03/08/o‘zbekistonda-ekoturizmni-rivozlantirish-imkoniyatlari-kandaj
234


markaziy  nashrlaridan  biri  «Today»  («Bugun»)  gazetasi  mux- 
birining  savollariga  bergan  javoblarida  0 ‘zbekistonda  ekologik 
turizmning  katta  salohiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlagan  holda,  bu 
yo‘nalishda  olib  borilayotgan  ishlar  haqida  quyidagilami  kelti- 
radilar:  «Go‘zal  geografik  va  tabiiy  sharoitlar respublika  hududida 
ekologik  turizmni  rivojiantirish  uchun  g‘oyat  qulaydir.  Bu  borada 
mamlakatning  tog‘li  hududlarida  joylashgan,  zamonaviy  jihoz- 
langan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari 
tashkil etilgan.  Sayyohlikning yangi yo‘nalishi -  yirik qo‘riqxonalar 
va  bog‘lar  hududida  tashkil  etilgan  tabiatshunoslik  turizmi  rivoj- 
lanmoqda. Turizm  infratuzilmasi  jadal  rivojlanmoqda, yangi meh- 
monxonalar,  sayyohlik  yo‘nalishlari  tashkil  etildi.  Ular  xalqaro 
sayyohlar  uchun keng  koiamli  xizmatlami taklif etishga tayyor»47. 
Darhaqiqat,  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyo  hududidagi 
davlatlar orasida katta ekoturistik imkoniyatlarga ega boigan  va bu 
borada  raqobatbardoshligi  yuqori  boigan  mamlakatlardan  hisob­
lanadi.
Ayni  paytda  0 ‘zbekistonda  800  dan  ortiq  turizm  faoliyatini 
ko‘rsatuvchi turoperatorlik firmalari,  600 ga yaqin mehmonxonalar, 
30  dan  ortiq  muhofazaga  olingan  hudud  (qo‘riqxona,  milliy  bog\ 
nodir  tabiat  yodgorliklari  va  h.k.)lar,  60  ta  o‘rmon  xo‘jaIiklari 
faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Shuningdek,  0 ‘zbekistonda  400  dan  ortiq 
tabiatning noyob yodgorliklari mavjud48.
0 ‘zbekistonda  ekologik  turizm  rivojlanib  borishining  yana  bir 
sababi,  turist  o‘zi  qiziqgan  tabiat  va  uning  tabiiy  sharoiti,  biologik 
resurslari  bilan tanishibgina qolmasdan,  bu tabiat bag‘rida dam ola- 
di, tabiat go‘zalligini  chuqur  his qiladi.  Uning resurslarini  avaylash 
xohish-istagi  paydo  boiadi.  Respublikamizning  ekologik  turizm 
salohiyatini  hisobga  olganimizda  ekologik  turizmni  rivojlantirish- 
ning asosiy resurslari -  4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining ekologik 
tizimlariga  ega  boigan  5  ta  tabiiy  landshaft  bio-xilma-xilliklarida 
endemik  (faqat  0 ‘zbekiston  tabiatida)  turlaming  mavjudligidan 
iborat.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari 
tomonidan  Chorvoq,  Bildirsoy,  Chimyon,  Zomin,  Haydarkoi
47Xalq so‘zi gazetasi, Toshkent, 2007-yil 26 yanvar, №19.
48 http://km.uz/ne ws/2017/03/08/o‘zbekistonda-ekoturizmni-rivoztaitirish-imkomyatlari-kandaj
235


kabilarga  o‘tkazilayotgan  ekoturlar,  ch o i  hududlarda  tuyada  sayr 
qilish kabi turlar ichki hamda xalqaro turizmni rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Tahlillarga  ko‘ra,  ekoturizm  xizmatlarini  ko‘rsatayotgan 
turoperatorlik  firmalari  asosan,  Chimyon  -   Chorvoq  rekreatsiya 
zonasi  doirasida  faoliyat  ko‘rsatmoqda,  xolos.  Biroq  0 ‘zbekis- 
tonning  Hisor,  Bobotog‘,  Ko‘hitangtog‘  (Surxondaryo),  Chaqchar 
(Qashqadaryo),  Nurota (Navoiy -  Jizzax),  Zarafshon  (Samarqand), 
Turkiston (Jizzax),  Oloy  (Farg‘ona),  Qurama,  Chotqol  (Namangan) 
tog‘lari,  Qizilqum  cho‘lidagi  qoldiq  tog‘lar,  Qizilqum  cho‘li,  Orol 
dengizining  qurigan  tubi  va  qoldiq  sho‘r  ko‘llar,  Ustyurt  platosi, 
Borsa kelmas sho‘rxogi, Mingbuloq botig‘i,  Aydarkoi, Dengizko‘1, 
Amudaryo  va  Sirdaryo  sohilidagi  to‘qaylar,  Muruntov  karyeri  va 
tabiatning  noyob  yodgorliklari  bo‘ylab  majmuali  va  mavzuli 
ekoturlar  tashkil  etish  bugungi  kunda  yechimini  kutib  turgan 
vazifalar qatoriga kiradi.
Shuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  0 ‘zbekiston  Markaziy 
Osiyoning  o‘rtasida,  ekologik  turizmning  rivojlanishi  uchun  qulay 
transport,  geografik hududlarida joylashgan.  Mavzuning dolzarbligi 
shundaki,  rivojlanib  borayotgan  mamlakatlaming  turizm  industri­
yasi  asosan  tabiiy  yoki  ekologik  turizm  hisobiga  amalga  oshiril- 
moqda.  Ekspertlarning  ma’lumotiga  qaraganda,  ekoturizm  sayyoh- 
lik bozorining  10-20  %ini  qamrab olgan,  o‘sish sur’ati esa umumiy 
turizm induslriyasining o‘sish sur’atidan 2 - 3  marotaba oshib ketdi. 
Shuning uchun ham bugungi  kunda ekologik turizmni rivojlantirish 
hamda ekologik resurs  maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning 
uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.
Ekologik turizmni rivojlantirishning dolzarbligini hisobga olib, 
ekologik  turizmning  mohiyatiga  va  ekologik  turizm  resurslariga 
baho  berish,  ekologik  turizm  resurslariga  turistik  marshrutlar 
tuzishning uslubiy tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish, ekologik 
turizmni  rivojlantirishning  nazariy  va  amaliy  asoslarini  tashkil 
qiladi.
Ekoturizm  so‘zi  XX  asming  80-yillaridan  boshlab  turizm 
industriyasiga  kira  boshlagan  boisa-da,  biroq  ekoturizm  tushun- 
chasiga  olimlar  tomonidan  hozirgacha  yagona  ta’rif  berilmagan. 
« 0 ‘zbekistonda  ekologik  turizmni  rivojlantirish  Konsepsiyasida»
236


ekologik  turizmning  ta'riflashda  xalqaro  tashkiiotlaming  izohlash- 
lari keltirilgan.
Ekoturizm  tabiiy  turizm  bo‘lib,  tabiat  muhitini  hosil  qilish  va 
tushinishni  o‘z  ichiga  oladi.  Tabiatni  muhofaza  qilish  xalqaro 
ittifoqi  (TMQXI)  ta’rifiga  ko‘ra,  “ekologik turizm  yoki  ekoturizm 
tabiat  muhitiga  nisbatan  mas’uliyat  bilan  sayohat  qilishga, 
hududlafning  tabiatiga  ziyon  yetkazmagan  holda  o‘rganish  hamda 
betakror,  go‘zal joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza 
qilishga  ko'maklashadi,  atrof-muhitga  “yumshoq”  ta’sir  etadi, 
mahalliy aholining  ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini  faollashtiradi va shu 
faoliyatdan  ularning  imtiyozlar  olishini  ta’minlaydi” 49.  Turizm 
jamiyati  esa  “ekoturizmni  tabiiy  hududlarga  mas’uliyat  bilan 
sayohat  qilish  natijasida  tabiatni  muhofaza  etishni  ta’minlaydi  va 
mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi”50, deb hisoblaydi.
« 0 ‘zbekistonda  ekologik  turizmni  rivojiantirish  Konsepsiya- 
sida»51 ekoturizm deganda, nafaqat ma’rifiy - ma’naviy maqsadlarni 
ko‘zlagan  holda  ekzotik  tabiiy  hududlarga,  ularning  hayvonot  va 
o‘simlik  dunyosiga  sayohat,  balki  ijtimoiy  -  iqtisodiy  masaialami 
amalga  oshirilishi  yordamida  ekologiya  muammolarini  hal  qilish 
bilan bir-biriga bog‘liq majmuaiar yig'indisini tushunamiz.
Ekoturizm  -   ijtimoiy  ma'sulyatli  va  ekologik  barqaror 
rivojlanishni,  tabiiy  va  madaniy  merosni,  bioxilma-xillikni 
saqlashni,  nazarda  tutuvchi  turizmning  serdarod  innovatsion 
yo'nalishidir52.
0 ‘zbekistonlik  ekolog  olimlaming  fikricha,  ekoturizm  ma’ri- 
fiy-ma’naviy  tushunchalar  ostida  ekoturistlaming  ekzotik  tabiiy 
hududlarga,  ularning  hayvonot  va  o‘simliklar  dunyosiga,  tabiiy 
hududlaming  tarixiy  yodgorliklariga,  arxeologik  topilmalariga, 
geologiyasiga,  paleontalogiya  qoldiqlariga  sayohatlari  kabi  tabiat 
bilan bogiiq majmuaiar kiradi.
Ekoturizmning  maqsadi  -   hozirgi  va  kelajak  avlodlarning 
ekologik  xavfsizligi  va  barqaror  rivojlanishini  ta’minlash  uchun
49 “0 ‘zbekistonda ekoturizmni rivojiantirish Konsepsiyasi” Ekologiya xabamomasi, 2007, № 6 , 10-b.
40 “0 ‘zbekistonda ekoturizmni rivojiantirish Konsepsiyasi” Ekologiya xabamomasi, 2007, № 6 , 10-b.
51 O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat bionazorati, ‘TVzbekistooda
ekologik turizmni rivojiantirish Konsepsiyasi”.  Экологический вестник, № 

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish