Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


  Turistik  safarining  yo‘l  trassa  pasporti  qanday  tashki­



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

3.  Turistik  safarining  yo‘l  trassa  pasporti  qanday  tashki­
lotlar bilan kelishiladi?
a) mahalliy hokimiyat;
b) turistik firma;
d) sanitariya -  epidemiologiya xizmati organ lari;
e)  transport vositalari  harakatini  nazorat qiluvchi  boshqa tash- 
kilotiar (DAN, suv inspeksiyasi).
4.  Turoperator shakllantirgan  turning qaysi  biri  keng tar-
 
qalgan?
a) majmuaii-tur;
b) eksklyuziv-tur;
d) pekij-tur;
e) maxsus-tur.
5.  Eksklyuziv-turga  to‘g‘ri  ta’rif  berilgan  qatorni  bel-
 
gilang.
a) ixtiyoriy ravishda tanlanadigan alohida turistik xizmatlari;
b) asosiy xizmatlar majmui;
d) qo‘shimcha xizmatlar majmui;
e) ekskursiya xizmati.
218


13-mavzu. TURIZM INDUSTRIYASI VA INFRATUZILMASI
Reja:
13.1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati 
hamda tarkibiy qismi.
13.2. Turoperatorlar va turagentlar faoliyati.
13.1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining 
mohiyati va tarkibiy qismi
Turizm  industriyasi jahon  iqtisodiyotining eng jadal rivojlanib 
borayotgan  tarmoqlaridan  biri  hisoblanadi,  turizmning jahon  yalpi 
ichki  mahsulotidagi  ulushi  10  foizdan  ko‘proqni  tashkil  etadi, 
tarmoqda jahondagi  mehnatga qobiliyatli  aholining  8  foizga yaqini 
ish  bilan  band,  turizm  xizmatlari  jahon  eksportining  7  foizdan 
ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Bugungi  kunda  «turizm  industriyasi»  tushunchasining  ko‘p- 
lab  ta’riflari  mavjud  bo‘lib,  bunday  ta’riflardan  eng  ishonchli  va 
mukammali  Birlashgan  millatlar  tashkilotining  savdo  va  taraqqi- 
yotga  bag‘ishlangan  anjumanida  berilgan  edi44.  Ushbu  anjumanda 
e’tirof etilganidek,  turizm  industriyasi  turistlar  ehtiyojini  qondirish 
uchun  turistik  mahsulotlar  yaratishga  yo‘naltirilgan  barcha  turistik 
tashkilotlarning turli faoliyatlar yig‘indisidan iborat.
Keyingi yillar davomida ushbu ta’rifhing mazmun va mohiyatini 
aniqlash hamda turizm  industriyasining tarkibiy  qismlarini  tavsiflash 
yo‘lida ko‘plab tadqiqotlar bo‘ldi. Ammo bunga qo‘l  urgan tadqiqot- 
chi va amaliyotchilar turli qiyinchilik, to‘siqlarga duch keldilar. Bun­
day qiyinchiliklaming yuzaga kelishiga asosiy  sabab turizm industri­
yasining  iqtisodiyotning  boshqa  sohalari  bilan  chambarchas  bog‘liq- 
ligidadir. Turizmning keng darajadagi ehtiyojini qondirishda sanoat va 
qishloq  xo‘jaligi,  qurilish  va  savdo  sohalari  yagona,  alohida  bir 
tuzilmalar sifatida  ishtirok etadilar. Shu sababli, turizm  industriyasini 
boshqa sohalardan keskin chegaralash o‘ta mushkul masaladir.
Hozirgi kunda faol iste’molchi o‘ziga kerakli xizmatlar haqida 
individual  tasawurini  shakllantiradi  va  bu  taklifga  bevosita  ta’sir
,4hlln://wwwunwtoorg
219


o‘tkazadi. Natijada turizm  industriyasi o‘z tarkibini o‘zgartirib, yan­
gi,  zamonaviy  turistning  xohish-istaklari  hisobga  olingan  turistik- 
rekreatsion obyektlami  yaratadi  hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish 
sohasiga  yashash tarzining  qulayligi  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar­
ning  yuqori  sifatliligini,  originailigini  ta’minlash  uchun  zarur 
bo'lgan  yangi  faoliyat  turlarini  jalb  etadi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida, 
turizm  infratuzilmasini  tashkil  etuvchi  muhit  va  resurslardan jadal 
foydalanishga  hamda  avvallari  turistik  hisoblanmagan  yangi 
resurslami  (qishloq  va  ekologik  turizm)  muomalaga  jalb  etishga 
undaydi.  Turizm  industriyasi  mavjud  resurslardan  shunchaki 
foydalanib  qolmasdan,  balki  muhitga  nisbatan  o‘z  individual 
talabini shakllantirib, o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish