S
tayyorlab beriladigan taomlar assortimenti bo‘yicha (milliy
taomlar, xorijiy mamlakatlar taomlari);
S
o'mashgan joyi - shaharda, vokzallarda, mehmonxonada,
dam olish zonasi, vagon-restoran va boshqalar.
Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maq-
sadida arxitektura-konstruktiv manzarali elementlar, mebel va bosh
qa jihozlar o‘matish uchun maydonlar barpo etiladi. Restoranlarda
mebellarning asosiy turlari: ikki, to‘rt, olti kishi sig‘adigan stollar
(to‘g‘ri burchakli, kvadrat, dumaloq va boshqa sh a k li); restoran
kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat
uchun stollar va hokazo.
153
Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan boiadi, belgilan
gan inaium soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklar-
ning keng assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki
ovqatlar tayyorlaydi.
Vokzal restoranlari - temir y o i, aerovokzallarda joylashgan bo‘-
ladi va yoiovchilarga kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Bu restoranlar
taomnomasida taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan boiadi.
Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmogi
tarkibiga ikkita restoran - serhasham firma taomi boigan va kichik,
taom va ichimliklari bahosi yuqori darajada boimagan restoranlar
kiradi.
Kema restorani turistlar va yoiovchilarga xizmat qilishga
moijallangan. Bu restoranlarda nonushta, tushlik, kechki ovqat
tayyorlanadi, ovqat, qandolat mahsulotlari, sovitilgan ichimliklar,
y o i anjomlari sotiladi. Yoiovchilarga xizmat qilish ofitsiantlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Vagon-restoranlar uzoq masofalarga qatnovchi temir y o i
poyezdlarida boiadi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kun-
duzdan ortiqroq safarga boruvchi yoiovchilar uchun xizmat qiladi.
Avtosayyohlar uchun restoran - katta y o i chorrahalarida, yirik
avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda ovqatlanadi,
hordiq chiqaradi.
Bar -
kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar.
Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shu bilan birga,
barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham boiishi mum
kin. Barlaming vazifasi - bu yerga kiruvchilarga yaxshi xizmat
ko‘rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‘ngildagidek dam
olish sharoitini yaratish, musiqa, stereofonik ovoz chiqaradigan
apparat, sanoatkorlar chiqishi, televizor, videoeshittirishlami tashkil
qilishdan iborat Hattoki barda o‘yin avtomatlari va 50 dan ko‘p
kishiga moijallangan raqsga tushish maydonchaiari ham boiishi
mumkin. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‘ra
barlar quyidagi turlarga boiinadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq,
kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining
kattaligi, j ihozlanishining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Barlar odatda, ma’muriy-madaniy va savdo markazlarida,
mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi.
154
Binolaming tuzilishiga ko‘ra barlar quyidagicha joylashadi:
• vestibyullarda - bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat
qiladilar;
• restoran bariari - bino ichida, zalda joylashadi;
• yordamchi barlar - mehmonxona qavatlarida joylashadi;
• banket bariari - banket zallarida joylashadi;
• mini-barlar - mehmonxonaning mehmonlar uchun mo'ljal-
langan xonalarida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |