Mavqei alohida o‘rin egallaydi


Yil  davomida  ishlash  muddatiga  ko‘ra



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

Yil  davomida  ishlash  muddatiga  ko‘ra,
  korxonalar  mavsumiy  va  yil  bo‘yi 
faoliyat yurituvchilarga bo‘linadi. 
Hajmiga  ko‘ra,
  korxonalar  yirik,  mikrofirma  va  kichik  korxonalarga 
taqsimlanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  ko‘ra
1
  kichik  tadbirkorlik 
sub’ektlari quyidagilardir: 
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik 
soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik 
soni  ko‘pi  bilan  o‘n  kishi,  ulgurji,  chakana  savdo  hamda  umumiy  ovqatlanish 
tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi 
bo‘lgan mikrofirmalar; 
3) quyidagi tarmoqlardagi: 
engil,  oziq-ovqat  sanoatidagi  va  qurilish  materiallari  sanoatidagi,  band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ikki yuz kishi;  
metallga  ishlov  berish  va  asbobsozlik,  yog‘ochsozlik,  mebel  sanoatidagi, 
shuningdek  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  sanoat-ishlab  chiqarish 
sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi; 
mashinasozlik,  metallurgiya,  yoqilg‘i-energetika  va  kimyo  sanoati,  qishloq 
xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  va  ularni  qayta  ishlash,  qurilish  hamda  qonun 
hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  sanoat-ishlab  chiqarish  sohalaridagi,  band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi; 
fan,  ilmiy  xizmat  ko‘rsatish,  transport,  aloqa,  xizmat  ko‘rsatish  sohalari 
(sug‘urta  kompaniyalaridan  tashqari),  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  hamda  ishlab 
chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  boshqa  sohalardagi,  band  bo‘lgan  xodimlarining 
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar. 
Faoliyatning  bir  necha  turini  amalga  oshiruvchi  (ko‘p  tarmoqli)  yuridik  va 
jismoniy  shaxslar  yillik  aylanma  hajmida  ulushi  eng  ko‘p  bo‘lgan  faoliyat  turi 
mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kiradi 
Ixtisoslashuv  darajasiga  ko‘ra,
  korxonalar  ixtisoslashgan,  universal  va 
aralash  korxonalarga  bo‘linadi.  Ixtisoslashgan  korxonalar  qatoriga  nomenklaturasi 
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga 
turli  xil  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar,  aralash  korxonalar  tarkibiga  esa 
ixtisoslashgan  va  universal  korxonalar  o‘rtasidagi  oraliq  guruhni  tashkil  qiluvchi 
korxonalar kiritiladi. 
Ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish  usullariga
 
ko‘ra,
  korxonalar  ishlab 
chiqarishning  oqim,  partiyali  va  donalab  ishlab  chiqarish  usullari  ustuvor  turuvchi 
korxonalarga bo‘linishi mumkin. 
Ishlab  chiqarishni  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  darajasiga 
ko‘ra,
 
korxonalar 
to‘liq 
va 
qisman 
avtomatlashtirilgan 
yoki 
                                                 

«Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasining  2012  yil  2  may, 
O‘RQ-328-sonli  Qonuni // «Xalq so‘zi» 2012 yil 3 may, 86 (5506)-son.
 


 
 
38 
mexanizatsiyalashtirilgan,  qo‘l-mashina  va  faqat  qo‘l  mehnatiga  asoslangan 
korxonalarga bo‘linadi. 
Firma  -  korxona  tushunchasidan  kengroq  tushunchadir,  ya’ni  u  ma’lum  nom 
bilan  biznes  olib  boruvchi  tashkilotdir.  Firma  -  tovar  ishlab  chiqarish  va  barcha 
sohalarda xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun foyda olish maqsadida resurslarni 
jamlaydigan  va  undan  foydalanadigan  tadbirkorlik  shaklidir.  Ularning  kengroq 
uchraydigan  turlari:  faktoring  firmasi,  lizing  firmasi,  injiring  firmasi,  konsalting 
firmasi, venchur firmalar va boshqalardir. 
Iqtisodiyotimiz  oldida  turgan  asosiy  vazifalardan  biri  sanoat  ishlab 
chiqarishini  jahon  iqtisodiyotida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lgan  raqobatbardosh  korxonalar 
tashkil  qilish  maqsadidagi  tuzilmaviy  qayta  qurishdan  iborat.  Buning  uchun 
integratsiya  hamda  turli  tashkiliy-huquqiy  shakldagi  korxonalarni  vaqtinchalik  yoki 
doimiy  ravishda  kooperatsiya  yoki  konsentratsiya  asosida  birlashtirish  amalga 
oshiriladi. 
Kooperatsiya  jarayonida  konsern,  konsorsium,  xo‘jalik  asotsiatsiyasi  kabi 
tashkiliy  shakllar  vaqtnchalik  yoki  doimiy  ravishda  tuzilishi  mumkin.  Ushbu 
tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish