1-bob bo`yicha xulosa
Bitiruv malakaviy ishi I-bobida xo’jalik sub’ektlari faoliyatida tovar-moddiy
zaxiralarning tutgan o’rni va ularni turkumlashining nazariy masalalari yoritilgan.
Xususan, mazkur bobda mahsulot ishlab chiqarishda ishlab chiqarish
zaxiralarining ahamiyati va roli juda kattadir. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot
ishlab chiqarish imkoniyati cheklansa, ayrim hollarda ularsiz umuman mahsulot
ishlab chiqarish mumkin emas.
Tovar-moddiy zaxiralarni tan olishning yukorida keltirilgan ikkinchi sharti
buxgalteriya hisobi amaliyotida odatda oson qoniqtiradi, chunki aktivni xarid qilish
operatsiyasi natijasida uning qiymatida aniqlanadi. Masalan, tovar-moddiy
zaxiralar boshqa shaxslardan sotib olinayotganda ularning qiymatini baholashning
asosiy ishonchli ko’rsatkichi tovar-moddiy zaxiralarning tomonlarni qoniqtiradigan va
oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan bahosi hisoblanadi; tovar-moddiy zaxiralar
korxonaga bepul kelib tushganda baholashning asosini tegishli o’tkazish hujjatlarida
ko’rsatilgan tovar-moddiy zaxiralar qiymati yoki ular kelib tushgan paytdagi bozor
qiymati tashkil qiladi. Bunda, agar aktiv xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z kuchi bilan
mustaqil yaratilgan bo’lsa, uning qiymatini materiallar, ishchi kuchini sotib olish
bo’yicha tashqi tomonlar bilan olib borilgan operatsiyalar hamda tovar-
moddiy.zaxiralarni yaratish (ishlab chiqarish) jarayonidagi boshqa xarajatlar asosida
27
ishonchli baholash mumkin.
Ta’minotchi tomonidan yuklab jo’natilgan va yo’lda bo’lgan, mulkiy huquqi
esa xaridor tomonidan tovar qabul qilingan paytda xaridorga o’tgan tovar-moddiy
zaxiralar uchun to’langan bo’nak miqdori buxgalteriya hisobidagi hisob-kitoblar
schyotida debitorlik qarzi sifatida qayd etiladi.
Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish tartibi
.
Tovar-moddiy zahiralarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi-ularning
saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to’g’ri tashkil etilishini
aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligini va
tovar-moddiy zahiralar bilan bog’liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish
uslubining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda
me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar
mohiyatini hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan
o’tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zahiralarni tekshirish, ular hajmi
katta bo’lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |