Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. . T.: Sharq, 2004. 235-b.
Ortiqov A. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy
standartlariga sharhlar to’plami. T.: Norma. 2010. 54-b.
9
Tugallanmagan ishlab chiqarish – tayyor mahsulotga aylantirilishi ularning
keyinchalik qayta ishlanishini talab etadigan tovarlardir. Ularning qiymati ma’lum
vaqtgacha avval amalga oshirilgan xom ashyo, mehnat xarajatlari va ustama xarajatlarning
summasi sifatida aniqlanadi.
Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklning 150-satriga asosan ishlab chiqarish
zaxiralariga faqatgina 1000-“Xom ashyo va materiallar”, 1100-“O’stirishdagi va
boquvdagi hayvonlar”, 1500-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1600-“
Materiallar qiymatidagi farqlar” kiritilgan.
Ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalardan farkli ravishda, bir ishlab chiqarish
jarayonida qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu davrning
o’zida to’la o’tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yoqilg’i, ehtiyot kismlar korxona oborot aktivlarini tashkil qiladi.
Materiallarning har bir turi bo’yicha normativlarni korxonaning o’zi mustaqil belgilaydi.
Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida
belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish
zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona sarflanishiga
rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog’ini minimallashtirish
masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni to’g’ri, tejamli sarflash
korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat iqtisodiyoti gullab-yashnashida,
aholi farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Materiallar - ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashadigan va o’z
qiymatini bir ishlab chiqarish tsikli davomida to’liq ravishda yangidan
yaratilayotgan mahsulotga o’tkazadigan aktivlardir.
5
Ishlab chiqarish zaxiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar)
ishlab chiqarish omili sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga
korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Xozirgi iqtisodiy sharoitda,
5
G’ulomova F. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. -T. “NORMA” 2009
y. 211-b.
10
ya’ni ehtiyojlar cheksizligi va doimo o’sib borishi, hamda iqtisodiy resurslarning
cheklanganligi sharoitida korxonalar ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali
foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish xajmining optimal miqdorini topa olishlari
kerak.
Korxonalarda xom-ashyo, materiallar sarfi salmog’ini kamaytirishga
o’xshagan sifat ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berishlari kerak. Bunga esa ilg’or
konstruktsion materiallardan, metall upalari (poroshoklari) va plastmassalardan,
qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatiga u qadar ta’sir
ko’rsatmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan o’rinbosar
materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin bo’ladi.
Bularga erishishni osonlashtirish uchun tabiat resurslaridan kompleks
foydalanish zarur bo’ladi. Turli xil yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham
berish kerak. Korxonalar oborotiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l-
yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Har bir korxonada mahsulot ishlab
chiqarish jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga
rioya etish maqsadga muvofiqdir.
Korxonada ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olishni engillashtirish va
uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda tutgan o’rniga ko’ra korxonalarda ishlatiladigan
materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo’linadi.
Asosiy materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar
ko’rsatish, ob’ektlarni qurish, montaj qilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va
obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynovchi materiallar
tushuniladi.
Yordamchi materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar
ko’rsatish, ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynamaydigan, lekin ularning
bajarilishida qo’shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi.