aholi qo'lida qoladigan
daromad iste'molchilik sarflari va shaxsiy jamg'arma yig'indisiga
teng bo'ladi. Iste'mol va shaxsiy jamg'armaning darajasi bevosita soliqlar to'langandan keyingi
qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste'molning ham, jamg'armaning ham
umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg'arma daromadning iste'mol qilinmaydigan qismi
hisoblansa, soliqlar to'langandan keyingi daromad shaxsiy jamg'armani aniqlab beradigan asosiy
omil bo'lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste'mol miqdori va soliqlar to'langandan keyingi daromad
o'rtasidagi farq shu yildagi jamg'arma miqdorini aniqdaydi.
Qarab chiqilgan omil ta'sirida iste'mol va jamg'arma darajasining o'zgarishini quyidagi
jadvalda tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma'lumotlardan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |