4.
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida g’azna ijrosini samarali tashkil
etish
Ma’lumki, insoniyat rivojlanishi tarixidagi har qanday mamlakat farovonligi
bu erda amal qilayotgan davlat qudratiga, o’z navbatida, ixtiyoriy davlatning
kuch-qudrati esa uning o’z vazifalarini nechog’li darajada to’laqonli bajarishi
bilan belgilanadi. Har qanday tuzumda davlat zimmasiga yuklanadigan o’ta
murakkab vazifalar ijrosi esa avvalo ulkan xarajatlar oqimini shart qilib qo’yadi,
bu esa o’z navbatida daromadlar barqarorligini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy
sharoitning turli omillari tufayli daromadlar va xarajatlar tarkibida yuzaga
keladigan doimiy o’zgarishlar evaziga ularni avvalo iqtisodiy-moliyaviy richaglar
orqali bir-biriga mutanosiblashni taqozo qiladi. Iqtisodiy tarix sahifalarida
daromad manbalari yoki hajmining to’satdan ko’payishi hodisasi emas, xarajat-
larning kutilmaganda yo’nalish va ko’lam nuqtai nazaridan o’sishi voqeasi aksar
hollarda kuzatilishi inobatga olinsa, xarajatlardan kelib chiqib daromadlarni
rejalashtirish maqsadga muvofiq emas (bu ko’pincha soliq va yig’imlar miqdori
yoki stavkasini oshirish ko’rinishidagi taktikani talab qiladi), daromadlar
o’zgarishiga qarab xarajatlar oqimini davriy rejalashtirib va boshqarib borish esa
ishonchliroq, soddaroq aytganda, “daromadga qarab buromad” tamoyili makon va
zamon omilidan nisbatan xoli tarzda ko’proq qo’l keladi.
Hamma zamonlarda ham o’z davri uchun mushkul bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar echimi, shuningdek, avvalgi davlat moliyasi tizimining ayrim salbiy
asoratlari, geosiyosiy vaziyat va boshqa muhim masalalar bizning mamlakatimiz
taraqqiyotiga o’z ta’siri mavjud bo’lgan hozirgi paytda Davlat budjeti pul
mablag’larini samarali hamda o’zaro mutanosiblikda rejalashtirish va boshqarish
borasida oqilona siyosat bir qator omillarning, jumladan, jahon iqtisodiy-
moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri engil kechishini ta’minlamoqda.
Davlat budjetining daromadlar va xarajatlar pul oqimini rejalashtirishning
asosiy maqsadi Davlat budjeti pul mablag’larini boshqarish uchun asoslangan
hisob-kitoblar ko’rinishida poydevor bo’lib xizmat qilish bo’lsa, o’z navbatida
Davlat budjeti pul mablag’larini boshqarishning maqsadlari quyidagilardan
iborat:
– budjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik kassa
uzilishlarini operativ bartaraf etish;
– budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar to’lovini o’z vaqtida amalga
oshirish;
147
– hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari (
HG’H (RG’H)
)dagi pul mab-
lag’laridan samarali foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |