4.
Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet daromadlarining g’azna
ijrosini samarali tashkil etish
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini
amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini etarli va uzluksizligini
ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir nechayillardan buyon
davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan
qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat
bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi
(ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga
muvofiq 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari
daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi
bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek
Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi,
Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli
organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini
yo’lga qo’yish, shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi
bilan to’liq qamrab olish vazifasi yuklatildi.
Bunda:
2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga adar respublikaning barcha
hududlarida byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi
saqlab qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab
olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish;
2016 yilning 1 iyunidan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna
ijrosi mexanizmi bilan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida to’liq qamrab
olish;
2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna
ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda
tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini byudjetning
g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olinishini tashkil etish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq ko’mitasi,
Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli
organlar va tashkilotlar bilan birgalikda byudjet tizimi byudjetlariga
daromadlarni yig’ishda tranzit vazifasini bajarib kelayotgan 23402..., 23403...,
23411..., 23407..., 20205..., 20207... bank hisobraqamlari ma’lumotnomasi
(ro’yxati) asosida har bir daromad turiga (tranzit vazifasini bajarib kelayotgan
23402..., 23403..., 23411..., 23407..., 20205..., 20207... bank hisobraqamlariga
mutanosib ravishda) daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochildi
va daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ma’lumotnomasi
shakllantirildi. Ma’lumotnoma (spravochnik), ya’ni daromadlar bo’yicha
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ro’yxati Moliya vazirligi tomonidan Markaziy
bank, Davlat soliq va bojxona qo’mitalari, shuningdek daromadlarni yig’ishga
vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdim etildi.
Hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarda)
2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuliga qadar respublikaning barcha hududlarida
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi saqlab
qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning
sinov jarayonini amalga oshirish bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari
(bo’linmalari) boshchiligida soliq boshqarmalari (inspektsiyalari) va moliya
boshqarmalari (bo’limlari) mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
Xozirgi
kunda
ushbu ishchi
guruhlar quyidagi vazifalarni
amalga
oshirishmoqda:
daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ma’lumotnomasini har
bir tuman va shaharlar kesimida soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish
bo’yicha vakolatli organlar (davlat soliq va bojxona xizmati organlari va
boshqalar) bilan soliq va boshqa to’lovlar kesimida tekshirib, ma’lumotnomada
ortiqcha yoki etishmayotgan bank hisobvaraqlarini aniqlash va bu haqda Moliya
vazirligi G’aznachiligi hamda Davlat soliq qo’mitasiga ma’lumot taqdim etish;
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlariga soliqlar, boshqa majburiy
to’lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanktsiyalarni to’lashda to’lov
hujjatlarini to’ldirish bo’yicha Uslubiy tavsiyalarni 2016 yilning 1 apreliga qadar
soliq to’lovchilarga etkazilishini ta’minlash;
Uslubiy tavsiyalar asosida soliq to’lovchilarga yangi tartibning mohiyatini
tushuntirish bo’yicha 2016 yilning 1 apreliga qadar hududiy seminarlar tashkil
etish;
soliq bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar
undiruvchi hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan
boshqaruvchi) tashkilotlarga ushbu hisobvaraqlarga mos ravishda ochilgan
daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ro’yxatini 2016 yilning 1
apreliga qadar etkazish;
soliq bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar
undiruvchi hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan
boshqaruvchi)
tashkilotlarga
daromadlar
bo’yicha
shaxsiy
g’azna
hisobvaraqlarini monitoring qilish uchun 2016 yilning 1 apreliga qadar
“UzASBO” dasturiy majmuasiga ulanish va tegishli login va parol olish uchun
(byudjet tashkiloti hisoblanadigan va “UzASBO” dasturiy majmuasida ishlashga
huquqi bor tashkilotlar ham alohida login va parol olishi lozim) tegishli
choralarni ko’rish;
2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar sinov (test) jarayonida tranzit
hisobraqamlariga kelib tushayotgan tushumlar to’g’risida banklardan olingan
ma’lumot va daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga kelib
tushayotgan tushumlar bo’yicha doimiy taqqoslashlarni amalga oshirish va
kamchiliklarni aniqlash;
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, soliq
bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar undiruvchi
hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan boshqaruvchi)
tashkilotlar axborot tizimlarida amaldagi tizim va sinov (test) tizimi
ma’lumotlarini doimiy ravishda taqqoslab borilishini ta’minlash;
aniqlangan kamchiliklar va tafovutlar bo’yicha Moliya vazirligi
G’aznachiligi va Davlat soliq qo’mitasiga doimiy ravishda yozma axborot kiritib
borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |