Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari qismi
asosini mamlakatimizda 2014 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O’zbekiston
Respublikasi Byudjet Kodeksining 50-51-52-moddalari bilan belgilab qo’yilgan
daromadlar tashkil qiladi.
Davlat byudjetiga majburiy to’lovlarning kelib tushishi soliq va bojxona
tizimlariga kiruvchi maxsus vakolatli organlar hamda mazkur vazifa zimmasiga
yuklatilgan boshqa davlat organlari tomonidan ta’minlanadi.
Davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlarning
hisobga olinishi yoki byudjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o’tkazib
yuborilgan summalarning qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo’lgan
Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi, shuningdek, 2001 yil 19 fevralda qabul
qilingan “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining kassa operatsiyalarini
amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 1009-sonli raqam bilan
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan yo’riqnomalar asosida bajariladi.
Davlat byudjetining markaziy bo’g’ini bo’lgan respublika byudjetiga
Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va
majburiy to’lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan
tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha to’lovlar O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Byudjet parametrlari to’g’risidagi maxsus qarori bilan har moliya
yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo’yicha respublika byudjetiga
o’tkaziladi.
Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo’yicha to’lovlar to’lig’icha
respublika byudjetiga yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahrining byudjetlariga o’tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlari
byudjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliq to’lovlarining normativlarga
asosan taqsimlanadigan ma’lum qismi, mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi
belgilab qo’yilgan umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar
va boshqa xil yig’imlar bo’yicha to’lovlar o’tkaziladi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to’lovlarini bajarish yuzasidan
zimmasidagi majburiyatlarni bajaruvchi soliq to’lovchilar tomonidan to’langan
soliqlar va boshqa to’lovlar summalari tegishli banklar tomonidan respublika
byudjetiga o’tkaziladi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika byudjetining asosiy hisob-
kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek, amaldagi qonunchilik normalariga
asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy hokimiyat organlarining
byudjetlariga o’tkazib beriladi.
Mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldiriladigan umumdavlat soliqlarining
qanday qismi Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetiga,
viloyatlarning viloyat byudjetiga va Toshkent shahri mahalliy byudjetining
shahar byudjetiga o’tkazilishi, qanday qismini ular tasarrufidagi tuman/shahar
byudjetlariga
o’tkazib
berish
kerakligini
belgilovchi
normativlar
Qoraqalpog’iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent
shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus qarorlar bilan belgilanadi.
Alohida shahar hududiga kiruvchi tumanlarning mahalliy byudjetiga
umumdavlat soliqlarining qanday qismini ajratib berish lozimligini belgilovchi
normativlar, o’z navbatida viloyat miqyosidagi shahar hokimlari qarorlari bilan
tasdiqlanadi.
Ma’lumki, Davlat byudjetining markaziy bo’g’ini bo’lgan respublika
byudjetiga Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat
daromadlari va majburiy to’lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat
ahamiyatiga ega bo’lgan tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha to’lovlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Byudjet parametrlari to’g’risidagi
maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo’yicha
respublika byudjetiga o’tkaziladi.
Yuqorida keltirilgan chizmada davlat byudjetining daromadlar qismini
tashkil qiluvchi moliyaviy resurslarning “G’aznachilik” dasturiy majmuasi ishga
tushgunga qadar amal qilib kelgan harakati ko’rsatilgan (2-rasm).
Rasmda ko’rsatilgan tartib bo’yicha 2012 yilgacha bo’lgan davrda byudjet
tizimi byudjetlarining barchasi uchun birdek ochiq bo’lgan tranzit tarzda
harakatlanishi mumkin bo’lgan daromad va tushumlar saqlanadigan maxsus
hisob-kitob raqamlari orqali daromad va tushumlar kirim qilinib kelindi. 2011
yilning oxiriga kelib davlat byudjeti mablag’larini yagona g’azna hisobvarag’iga
o’tkazish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi. Bu davrda O’zbekiston
Respublikasi “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni
talablaridan kelib chiqib, 2012 moliya yilining 1 yanvaridan boshlab davlat
byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona g’azna
hisobvarag’idan amalga oshirilishiga asoslangan tartiblar yo’lga qo’yildi.
Ushbu tartibga ko’ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat
byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar banklar tomonidan
qabul qilinadi va belgilangan tartibda 23402, 23403, 23407, 23409, 20207,
20205 va 23411-sonli balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga
(ShHR) kirim qilinadi va ular hisobidan tegishli byudjetlar va Davlat maqsadli
jamg’armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalarni amalga oshirish
tartibi 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab joriy etildi. Buning natijasida tegishli
byudjetlar daromadlari, shu jumladan, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan
tashqari jamg’armalari daromadlari hisobi “G’aznachilik” dasturiy majmuida
ular uchun ochiladigan tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida yuritiladigan
bo’ldi.