4.
Moliya vazirligi G’aznachiligining funktsiya va vazifalari
G’aznachilikning yagona hisobraqami O’zbekiston Respublikasining
Markaziy Bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining
hududiy boshqarmalarida g’aznachilikning yagona hisobraqami subschyotlari
ochiladi. Respublika mintaqalarida davlat xarajatlarini o’z vaqtida
moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida G’aznachilikning topshirig’i bilan
Markaziy Bank tomonidan butun ish kuni mobaynida subschyotlarga va
subschyotlardan pul mablag’larini o’tkazish tashkil etiladi. Mablag’ o’tkazish va
davlatning pul mablag’larini xarajat qilish uchun faqat Moliya Vazirligi ruxsati
bilan bank schyotlarini ochish mumkin. Bu huquq Davlat G’aznachisiga Moliya
Vazirligining buyrug’i bilan yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G’aznachilik
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan
shartnoma asosida tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu
shartnomalarning tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha
shartnomalarni ko’rib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish
maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari ko’riladi.
Davlat byudjetining kassaviy ijrosini amalga oshirish jarayonida
G’aznachilik tijorat banklari bilan ham shartnoma tuzadi. Bu banklarning
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tavsiyasidan keyin
aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari
G’aznachilik talabi bilan quyidagi ma’lumotlarni berishga majbur:
1.
byudjet tashkilotlarining bankda ochilgan shaxsiy hisobraqamlari,
unda mablag’lar aylanishi va qoldig’i to’g’risida ma’lumot;
2.
G’aznachilik so’ragan aniq byudjet tashkilotining yoki uning tavsiyasi
bilan ochilgan bank hisobraqamidagi mablag’lari to’g’risida ma’lumot.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot G’aznachilik tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Davlat byudjeti
g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi G’aznachilik tomonidan, shuningdek,
davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat
maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjetining
g’azna ijrosi buxgalteriya hisobining yagona hisoblar rejasi va byudjet tasnifi
asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti g’azna ijrosining
buxgalteriya hisobi yagona hisoblar rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
G’aznachilik yuridik va jismoniy shaxslarga ular tomonidan ortiqcha
to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, qonun
xujjatlarida belgilangan tartibda yagona g’azna hisobraqamidan yoki
G’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan qaytarilishini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga, shuningdek, turli
darajadagi davlat boshqaruvi o’rtasida tushumlar taqsimotini tartibga soladigan
boshqa qonunlarga muvofiq, G’aznachilik tushumlarni turli darajadagi
byudjetlar o’rtasida taqsimlash uchun javobgar hisoblanadi. G’aznachilik
belgilangan byudjet tasnifiga muvofiq, barcha davlat tushumlarini ularning aniq
ro’yxati bo’yicha yagona g’azna hisobraqamida yuritilishini ta’minlaydi, qonun
asosida g’aznachilikning yagona hisobraqamidan barcha to’lovlarni amalga
oshirishga G’aznachilik javobgar hisoblanadi.
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy
etish, byudjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini
nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu
jarayonlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat
byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim
qadam bo’lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya
vazirligi huzuridagi “Davlat byudjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va
uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik
bo’linmalari negizida
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning
hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga
quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi (2-rasmga qarang):
3.
davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni
turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’
oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to’g’risida
hisobot tuzish;
4.
davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami,
shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa
uzilishlarining
oldini
olishni
ta’minlaydigan
hududiy
g’aznachilik
hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
5.
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik
tuzilmalarini
moliyalashga
yo’naltiriladigan
byudjet
mablag’laridan
foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular
tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning
maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik
xizmatlaridan voz kechish;
6.
xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda
tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar(ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning
bevosita hisobraqamlariga byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning
topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz
rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
7.
davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil
qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi
qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |