2.
“Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ning mazmuni va
tarkibi
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy
asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu
borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 69-sonli (04.08.2009)
buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
tomonidan 2007-son (16.09.2009) bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining
g’azna ijrosi Qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi.
Mazkur “Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va
uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna
hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish
tartibini belgilab berdi.
Ushbu “Qoidalar” 12 ta bo’lim, 203 ta moddadan iborat bo’lib,
muqaddam amal qilib kelgan bir qator me’yoriy xujjatlarni o’zida
mujassamlashtirgan holda, quyidagilarni belgilab berdi:
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va
hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti,
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna
ijrosini amalga oshirish tartibini;
respublika g’azna hisobraqami va hududiy g’azna hisobraqamlarini
yuritish tartiblarini,
Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga
o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish tartiblarini,
yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari
hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar.
“Davlat byudbjeti g’azna ijrosi Qoidalari ”da belgilanishiga ko’ra:
- Byudjetdan mablag’ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchilar
(keyingi o’rinlarda – mahsulot etkazib beruvchilar) bilan shartnomalarini, shu
jumladan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning shartnomalarini
ro’yxatga olish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli
byudjetlar xarajatlarining to’lanishi, shu jumladan g’azna hisobvaraqlaridan
byudjet ssudalari, subventsiya va dotatsiyalar g’aznachilik bo’linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
G’azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g’azna ijrosi bilan qamrab
olinadigan byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, shu
jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Naqd pul mablag’larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag’
oluvchilarning xodimlariga ish haqi to’lash, xizmat safari va
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni
to’lash uchun g’aznachilik bo’linmalari tomonidan tijorat banklarda
23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214
“G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari” hisobvaraqlari
ochiladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va
taqdim etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo’yicha
amalga oshiriladi.
G’azna hisobvaraqlari orqali xizmat ko’rsatiladigan byudjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va
2-shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar,
uni xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalari bilan tegishli davrda
g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari va
aniqlangan rejali byudjetdan ajratilgan mablag’lar to’g’risidagi hisobot
ma’lumotlariga mosligiga taqqoslanadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning
hisobotlari g’aznachilik bo’linmalarining buxgalteriya hisobi bo’yicha vakolatli
xodimlari tomonidan belgilangan shakldagi shtamp qo’yilib, imzolanadi).
Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar banklar
tomonidan o’rnatilgan tartibda
qabul qilinadi va 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag’lari”
hisobvarag’iga kirim qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq,
banklarda ochilgan tegishli byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi moliya yili uchun
ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida, tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar
smetalari, shuningdek mazkur Qoidalarga muvofiq ro’yxatga olingan,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzgan
shartnomalari asosida:
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha –
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning hududiy
bo’linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga
oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi Qoidalarida byudjetdan mablag’ oluvchilar
tomonidan byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat
qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-
taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga
oshirilishi tartibi belgilangan.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari
qonunchilikka muvofiq:
- byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga;
- mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning to’g’ri
rasmiylashtirilishi va asosliligi va ularning qonunchilikka muvofiqligiga;
- IV guruh mablag’lari hisobidan olinadigan naqd pul mablag’larining
asosliligi hamda maqsadli ishlatilishining ta’minlanishiga;
- g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar
etkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlarning,
g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish uchun to’lov topshiriqnomalar va naqd
pul uchun so’rovnomalarning haqqoniyligiga;
- chek daftarchalarining saqlanishiga;
mahsulot etkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning to’g’ri aniqlanishiga
javobgarliklari mazkur “Qoida”da asoslangan.
Shuningdek “Qoida”larda G’aznachilik bo’linmalarining javobgarliklari
belgilangan:
- qonunchilikka muvofiq byudjetdan mablag’ oluvchilarning ro’yxatga
olingan shartnomalarini xarajatlar smetalarida, shuningdek kapital qurilish
xarajatlari bo’yicha esa - qurilish ob’ektlarining oylik yoyilmalari bo’yicha
(Davlat byudjeti hisobidan kapital qurilish ob’eklari bo’yicha xarajatlar
smetalarida) nazarda tutilgan rejali ajratilgan byudjet mablag’lariga
muvofiqligiga va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligiga va byudjetdan
mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi ustidan nazoratning to’g’ri amalga
oshirilishiga;
- elektron to’lov topshiriqnomalarning “G’aznachilik” dasturiy majmuida
to’g’ri shakllantirilishi va ular to’lovini “Bank-mijoz” dasturiy majmui orqali
amalga oshirilishiga, naqd pul mablag’lari olish uchun cheklarning mazkur
Qoidalar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari
talablariga muvofiq to’g’ri rasmiylashtirilishiga .
Do'stlaringiz bilan baham: |