Zaripova Matluba Qulfitdinovna


 rasm. Bilimlar sohalarining ahamiyati bo‘yicha taqsimlanishi



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
Bog'liq
книга

1.3 rasm. Bilimlar sohalarining ahamiyati bo‘yicha taqsimlanishi. 
1  –  maxsus  bilimlar  sohasi;  2  –  pedagogik  bilimlar  sohasi;  3  –  uslubiy 
bilimlar sohasi; 4 – metodik bilimlar sohasi; 5 – psixologik bilimlar sohasi. 
 
Rasmdan  ko‘rinib  turibdiki,  bo‘lajak  o‘qituvchini  innovatsion  tayyorlash 
uchun  eng  ahamiyatli bo‘lgan bilimlar  sohasi  maxsus, pedagogik  va  metodologik 
bilimlar  sohalari  hisoblanadi.  Bilimlar  sohalarini  ekspertlar  tomonidan  bunday 
baholash tasodif emas, bu bo‘lajak o‘qituvchi o‘zining amaliy faoliyati jarayonida 
birinchi  navbatda,  konkret  o‘quv  fanining  xususiyatini  e’tiborga  olgan  holda 
innovatsion  g‘oyalarni  amalga  oshirishga  yordam  beradigan  bilimlarni 


58 
 
faollashtirishi  bilan  tushuntiriladi.  Binobarin,  u  pedagogik  innovatsion  faoliyatni 
samarali amalga oshirish imkonini beradigan bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 
 Bo‘lajak o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar uning innovatsion 
faoliyatining  muhim  tavsifi  hisoblanadi.  Mashhur  psixolog  K.  K.  Platonov: 
«Malakalarni shakllantirish – kasbiy ta’limning majburiy pirovard maqsadi, uning 
yakunidir.  Malaka  o‘quvchi  tayyorgarligini  belgilab  beruvchi  eng  yaxshi  omil 
bo‘lib,  u  o‘quvchining  shaxsi  xususiyatiga  aylanadi».  Demak,  ko‘nikma  va 
malakalar qo‘yilgan maqsad, ma’lum shart-sharoitlar, berilgan samaradorlik va sifat 
darajasiga  muvofiq  ravishda  faoliyatning  ma’lum  bir  ko‘rinishlarini  amalga 
oshirishga sub’ektning tayyorgarligini nazarda tutadi.  
Bo‘lajak  o‘qituvchi  uchun  zarur  bo‘lgan  innovatsion  ko‘nikma  va 
malakalarni ajratib ko‘rsatishda quyidagilar e’tiborga olindi: birinchidan, yangi davr 
pedagogiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar; ikkinchidan, bo‘lajak o‘qituvchining 
amaliy  faoliyati,  bu  faoliyatni  o‘rganish  ko‘p  miqdordagi  empirik  materiallardan 
foydalanish orqali amalga oshirilgan.  
Kerakli  axborotlarni olish uchun 90  ta bo‘lajak o‘qituvchi tasodifiy  tanlov 
asosida  tanlab  olindi.  Tanlovning  bunday  hajmi  ijtimoiy-pedagogik  tadqiqotlarda 
foydalaniladigan  reprezentativ  me’yorni  olish  uchun  yetarli  darajada  bo‘ladi. 
Nazariy  va  empirik  materiallarni  yig‘ish  va  qayta  ishlash  natijasida  dastlabki, 
tizimlashtirilmagan ro‘yxatini tashkil etgan va umumlashtirish hamda sinflash orqali 
tartibga solinishi kerak bo‘lgan ko‘nikma va malakalar ajratib olindi.  
Innovatsion  faoliyat  o‘rta  maktab  umumiy  pedagogik  tizimining  tarkibiy 
qismi  hisoblanganligi  va  berilgan  tizimning  tuzilmaviy  unsurlaridan  kelib 
chiqqanligi  bois  (19),  konkret  ko‘nikma  va  malakalarning  olingan  turli-tuman 
repertuarini  ular  orqali  ta’minlanadigan  o‘qituvchining  asosiy  vazifalari  nuqtai 
nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.  


59 
 
Bu  holatni  e’tiborga  olgan  holda  sinflashning  birinchi  alomati  sifatida 
o‘qituvchi faoliyatining butun tizimini eng to‘liq va yaxlit ifoda etuvchi funksional 
alomat olingan, natijada ko‘nikma va malakalarning quyidagi guruhlari ajratildi. 
1.  Gnostik  ko‘nikmalar  –  uslubiy  va  psixologik-pedagogik  bilimlarni 
egallash  sohasidagi  malakalar  bo‘lib,  keyinchalik  ular  innovatsion  pedagogik 
masalalarni yechish uchun mobillashgan tayyorlikka keltiriladi. 
2. Konstruktiv ko‘nikmalar – o‘quv axborotining mazmuni, kompozitsiyasini 
tanlash,  innovatsion  g‘oyalarni  amalga  oshirishda  o‘quv-tarbiya  jarayonini 
rejalashtirish sohasidagi malakalar. 
3. Tashkiliy ko‘nikmalar – bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion g‘oyalarini 
o‘quv-tarbiya  jarayonida,  o‘quvchilarning  va  o‘qituvchining  faoliyatini  tashkil 
etishda  amalga  oshirish  sohasidagi  malakalar,  o‘quv-dasturiy  hujjatlashtirish, 
ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish malakalari va boshqalar. 
4. Kommunikativ ko‘nikmalar – innovatsion masalalarni hal etish maqsadida 
pedagogik  jamoalar  bilan  mashg‘ulot  paytida  innovatsion  tajribani  joriy  qilish 
borasida o‘quvchilar bilan yangiliklarni ishlab chiqishda maktab ma’muriyati bilan 
pedagogik  jihatdan  maqsadga  muvofiq  va  ishbilarmonlik  o‘zaro  munosabatlarini 
o‘rnatish sohasidagi malakalar.  
5.  Innovatsion  ko‘nikmalar  –  pedagogik  yangiliklarni  rejalashtirish,  ishlab 
chiqish  va  o‘quv-tarbiya  jarayonida  bevosita  amalga  oshirish,  pedagogik  sinovlar 
o‘tkazish, innovatsion tajribalarni yangi holatlarga ko‘chirish sohasidagi malakalar. 
Bunday  tarzda  guruhlashtirilgan  ko‘nikma  va  malakalarni  ularning 
mazmunini  umumlashganlik  alomati  bo‘yicha 
darajali  tuzilma 
ko‘rinishida 
ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz uch sathli tuzilmani qabul qildik: umumiy, 
o‘rta  va  konkret.  Binobarin,  ko‘nikma  va  malakalarning  sinflashgan  tuzilmasi 
funksional alomatiga va ularning mazmunining umumlashganlik darajasiga bog‘liq 
ravishda ikki tekislikda ifodalangan. Umumlashganlik darajasi bo‘yicha guruhlash 


60 
 
o‘qituvchi-innovator  faoliyatining  xususiyatini  hisobga  olishga  imkon  beruvchi 
ba’zi bir qo‘shimcha alomatlardan foydalanishni talab qiladi.  
Bunday  alomatlar  sifatida  innovatsiya  predmeti  (ob’ekti),  o‘qituvchining 
innovatsion  faoliyati  jarayoni  bilan  bog‘liq  innovatsiya  vositalari,  shuningdek, 
innovatsion jarayon mahsuli olindi.  
Bo‘lajak o‘qituvchi uchun innovatsiya predmeti (ob’ekti) ta’lim mazmuni, 
shakllari,  uslublari,  vositalari,  o‘quvchining  o‘quv  faoliyatini  boshqarish 
mexanizmlari,  o‘quvchi  shaxsi,  o‘qituvchi  pedagogik  yangiliklarni  joriy  ishlab 
chiqishda duch keladigan turli hujjatlashtirishlar va boshqalar hisoblanadi.  
Innovatsiya  vositalariga  innovatsion  jarayonlarni  olib  borishda  yordam 
beradigan oldindan  tayyorlangan  texnik  va didaktik  vositalar,  instrumentariylarni, 
innovatsion  g‘oyalarni  rejalashtirish,  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  jarayonida 
o‘qituvchi  uchun  zarur  bo‘lgan  turli  o‘quv-uslubiy  hujjatlar,  adabiyot  manbalari, 
ilmiy-pedagogik tadqiqot uslublarini kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.  
Innovatsion  jarayon  mahsuliga,  eng  avvalo,  bo‘lajak  o‘qituvchining 
pedagogik  jamoaga pedagogik ta’sirining  barcha natijalari,  o‘qitish va  tarbiyalash 
jarayonini  faollashtirish  davomida  har  bir  o‘quvchi  shaxsining  ijobiy  o‘zgarishi 
alohida  ko‘rinishdagi  natijalari,  shuningdek,  innovatsion  jarayonning  moddiy 
mahsulotlari (elektron doska, TSO, partalar va boshqalar). 
Ko‘nikma va malakalarning bu tarzda olingan tuzilmasi bashorat unsurlariga 
ega  bo‘lsa-da,  umuman  olganda,  o‘qituvchining  “hozirgi  paytdagi”  innovatsion 
faoliyatini aks ettiradi.  
Faoliyatning  innovatsion  modeli  konkret  kasb  funksiyasini  bajaruvchi 
insonni izohlovchi ko‘rsatkichsiz to‘liq bo‘lmaydi. Insonning psixologik tavsiflari 
sezilarli  darajada  juda  ko‘p  faoliyat  ko‘rinishlarining  muvaffaqiyatli  bo‘lishini 
belgilaydi,  ularning  ba’zilarini  mavjud  bo‘lmasligi  tanlangan  kasbni  tanlashga 
qarama-qarshi ko‘rsatma sanaladi.  
Shaxsiy yondashuv prinsipi “barcha ruhiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar 
alohida  insonga  tegishli  sifatda  qarab  chiqilishi,  ularning  hosilaviy  ekanligi, 


61 
 
insonning shaxsiy va jamoaviy hayotiga bog‘liqligi va bu hayot qonuniyatlari bilan 
aniqlanishini bildiradi. Shaxs tashqi ta’sirlar ostida determinantlashgan ta’lim, shu 
bilan birgalikda barcha ruhiy hodisalarni asoslovchi omil hisoblanadi”. Binobarin, 
shaxs bilan bog‘liq jihat insonning har qanday faoliyatini batafsil o‘rganish uchun 
juda  zarurdir.  Yuqorida  keltirilgan  metodologik  prinsip  bo‘lajak  o‘qituvchining 
innovatsion  faoliyati  modelini  yaratishda  uning  shaxsini  o‘rganishning  zarurligini 
belgilab beradi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi innovatsion faoliyati uchun kasbiy 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs xususiyatlari va shaxs sifatlarini ajratish talab 
qilinadi.  

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish