43
Ijtimoiy pedagogning jamiyatga moslashagan, xulqiy og‘ishgan o‘smirlar bilan olib
boradigan ish texnologiyasi ularni reabilitatsiya qilishidir.
Reabilitatsiyani insonni jamiyatga muvofiqlashtirishga kiritadigan chora-tadbirlar tizimi
sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya yana inson shaxsi, uning jismoniy alohida psixikasining
funksiyalariga ta’sir etishning natijasi sifatida ham qaralishi mumkin. Adaptatsiya
(moslashuvchanlik)dan farqli ravishda, reabilitatsiya inson faoliyatini qayta tiklash deb
tushuniladi. Reabilitatsiya – bu bolani faol hayotga, jamiyatga va ijtimoiy foydali mehnatga
qaytarish maqsadini ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimidir.
Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-
iqtisodiy, kasbiy, maishiy.
1.
Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o‘z funksiyasini yo‘qotgan u yoki bu
joyning to‘la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni
sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan.
2.
Psixologik reabilitatsiya o‘smir ruhiyati, ongiga deviant xulq-atvorning
kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech Kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan.
3.
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni o‘qitish yoki unga to‘g‘ri keladigan mehnat turiga
qayta o‘qitib tayyorlash, engallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo‘lgan
ish joyi bilan ta’minlash.
4.
Maishiy reabilitatsiya o‘smirning hayoti uchun me’yordagidek sharoitning
yaratilishini ko‘zda tutadi.
5.
Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta
tiklash jarayonidir. SHuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi,
ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo‘l quymaslikdir.
6.
Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o‘smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini
himoya qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
7.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli
bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-
tadbirlar tizimi bo‘lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o‘z-
o‘ziga xizmat qilishda zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori
bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur ta’limni olish kabilarni o‘z tarkibiga oladi.
O‘smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb
ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:
o
qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o‘smirlarda
profilaktik oldini olish choralarini ko‘rish.
o
Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek,
jismoniy, psixologik zo‘ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og‘ir hayotiy vaziyatlarga
tushgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish
o
Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot
ko‘nikmalarini shakllantirish
o
Ota-ona qaramog‘i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o‘z
qaramog‘iga olish funksiyasining bajarilishi
o
favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo‘llab-qo‘vvatlash
o
oilaga qaytishga hamkorlik qilish
o
ta’lim olish, me’yordagidek o‘sishga imkoniyat bilan ta’minlash.
o
Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g‘amxo‘rlik qilish.
Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy
himoya qilish va qo‘llab-qo‘vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishda yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: