Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar,
ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek,
integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni
12
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning
jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval
jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: emaklash, o‘tirish, yurish,
yugurish va h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-
ukalarini), o‘z ismiga egaligiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush
ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi. Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta
ahamiyatga ega. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq
tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati,
ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi.
Eng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida
bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani
o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, unda bolaning ijtimoiy
tiklanishi ko‘p holda bunga tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi. Bola o‘zi uchun
zarur bo‘lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so‘ngra bolalar uyida tarbiyalansa
boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish bo‘lmaydi; ota,
ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni
shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda
ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo‘lishi
kerak.
Maktabda o‘qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan
birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli
o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallashi
lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va
ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: