Qo’shilgan qiymat
– ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Ichki milliy mahsulot (IMM)
– yil davomida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlardagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM)
– Yalpi ichki milliy mahsulotdan uni ishlab
chiqarish uchun sarflangan moddiy xarajatlarni chiqargandan keyin qolgan mahsulot.
Milliy daromad
– yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri
soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |