169
xo’jalik tanho hukmronlik qilgan davri bilan xarakterlanadi. Bu davr mustamlakachi
davlatlarning xo’jaligi, mustamlaka davlatlar boyligi hisobiga rivojlanganligi bilan
xarakterlanadi. Jaxon xo’jaligi rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1917 yildan 1990
yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bu davr jaxon xo’jaligini bir-biriga
qarama-
qarshi ikki xo’jalik ya’ni jaxon kapitalistik xo’jaligi va jaxon sotsialistik xo’jaligi
hukmronlik qilganligi bilan xarakterlanadi. 1991 yildan boshlab jaxon xo’jaligi
rivojlanishida yangi uchinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqich hozirgi umumjaxon
xo’jaligining yaxlitligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli
xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlar va xo’jalik regionlari o’rtasidagi o’zaro
bog’liklarning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo,
ishlab chiqarish, valyuta moliya
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi
davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy
nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to’la qonli iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik
aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi
iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»
1
, deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli
xil
ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati
mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi. Yaqin
vaqtlargacha bizning adabiyotimiz sotsializm dunyosi, kapitalizm dunyosi va
uchinchi dunyo mamlakatlari degan tushunchani singdirib keldi.
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotida
rivojlanayotgan va bozor
iqtisodi mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z
navbatida uchta guruh farqlanadi: kam, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar.
Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar
(YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni,
quvayt va boshqalar) eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKVI), shu jumladan eng
kambag’al mamlakatlar (Chad, Baengladesh, Efiopiya), har xil regional ittifoqlar va
internatsional guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning
har xil jixatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib
borayotganligi baynalminallashuvining kuchayishi hamda fan-texnika
revolyutsiyasining
keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali
amal qilish mumkin emas.
1
Karimov I.A. «o’zbekiston buyuk kelajak sari» T.: «o’zbekiston», 1998. 267-bet.
170
Jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi shunday davrlarga to’g’ri keladiki, bu
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o’sib
chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro
mehnat taqsimotining
shakillanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo’jalik aloqalarining
baynalminallashuvini ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi
taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o’sib chiqadi va ob’ektiv ravishda ishlab
chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo’yadi.
Milliy xo’jaliklar va ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida shakillangan
jahon xo’jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: