Ixtiyoriydan so’nggi diqqat
- diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy
ravishda qaratilib, so‟ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‟z-o‟zidan qaratilib
boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi bo‟lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga
psixolog olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Ixtiyoriydan so‟nggi diqqat biror
obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy
kuch-g‟ayrat sarflanmasa ham bo‟ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli
aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali ko‟rsatkichi
diqqatning shu turi bilan bog‟liq bo‟ladi.
Diqqatning obyektga to‟planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga
bog‟liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining
Do'stlaringiz bilan baham: |