emotsional diqqat
ham deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat
qat‟iy maqsad asosida yo‟naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu
turi o‟zini majbur qilib, zo‟r berib ongni bir faoliyat ustida to‟plab turishlikni bildiradi.
Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko ‟p va kam irodaviy zo‟r berish,
jiddiylik (tanglik) bilan birga bo‟lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq
saqlanishi toliqishiga, ko‟pincha jismoniy zo‟r berishdagidan ko‟ra ko‟proq
toliqishga sabab bo‟ladi. Shuning uchun o‟qitish davrida ixtiyoriy diqqatning
kuchli to‟planganligi ortiqcha davomli bo‟lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‟pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu,
albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo‟naltirilishi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning
zo‟ri bilan yo‟naltirilgan obyektda to‟planib turadi.
1-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |