Tabiatshunoslikni óqitishda foydalaniladigan dars turlari Tabiatshunoslikni o’qitishda dars turlari.
Yangi bilim berish, mustahkamlash, aralash darslarda faol metodlarni qo’llash. Muammoli izlanish
(muammoli suhbat, muammoli hikoya, muammoli ma’ruza, aqliy hujum) metodlar guruhi. Mantiqiy
(induktiv, deduktiv, tahlil, qiyoslash, asosiy g
oyani ajratish, umumlashtirish) metodlar
guruhi. Mustaqil (darslik, ilmiy-ommabop manbalar, EXMning ta’limiy,
modellashtirilgan dasturlar, multimedialar ustida) ishlash metodlar guruhi.
O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag
batlantirish va asoslash (o’qishga bo’lgan
qiziqishlarini orttirish, didaktik o’yin, o’quv munozaralari, burch va ma’suliyatini shakllantirish)
metodlari guruhi. Nazorat va o’z-o’zini nazorat (og
zaki va yozma) labaratoriya va amaliy
ish o’zaro nazorat varag
i yordamida, EXMning nazorat dasturlari vositasida) metodlar guruhi
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining o’qitish maqsadi va vazifalari. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi talablari asosida yuksak, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega
pedagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasi fanning asosiy maqsadi bo’lib, bo’lg
usi
boshlang
ich sinf o’qituvchilariga tarbiyalovchi ta’lim sistemasini tushunib olish, tabiatshunoslikni
o’qitish asoslarini, uning uchun xos bo’lgan shakl, metod va uslublarini, o’quvchilarning bilish
faoliyatlariga rahbarlik qilishni o’rganib olishlariga yordam qilish kabi amaliy masalalarini o’z ichiga
oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga: o’quv predmeti sifatida
tabiatshunoslik mazmunini aniqlash; o’qitishning metod va uslublarini tadqiq qilish (zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalariga alohida e’tibor bergan xolda); zarur o’quv jihozlarini ishlab
chiqish kiradi. Boshlang‘ich ta’limda tabiat ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
bizning maktab, bizning mahalla, ko‘chada yurish va tabiatda o‘zini tutish qoidalari, kun tartibi,
shaxsiy gigiyena qoidalari, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, jism va moddalar, madaniy va
yovvoyi o‘simliklar, o‘simliklarning organlari, xona o‘simliklari, o‘simliklardagi mavsumiy
o‘zgarishlar, madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ish, dehqonlarning bahor, yoz va
kuzdagi mehnati, hayvonot dunyosi, uy va yovvoyi hayvonlar, hasharotlar, qushlar, suvda yashovchi
hayvonlar, hayvonlarning yashash sharoiti, odamning ichki va tashqi organlari, salomatlikni saqlash,
suvning kuch holati, tabiatda suvning aylanishi, ob – havo, atmosferadagi hodisalar, bulut va
yog‘inlarning hosil bo‘lishi, Koinot, yulduzlar, Quyosh - eng yaqin yulduz, Oyning Yer atrofida
aylanishi, kun va tun, yil fasllarining davriy almashinishi, yarimsharlar xaritasi, tabiiy xarita, Yer
yuzasining asosiy shakllari, Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi, o‘lkamiz tabiati: tog‘ va tekisliklari,
cho‘llari, dashtlari, o‘rmonlari, asosiy qoidalari, ko‘llari va suv omborlari, yer osti boyliklari,
mamlakatimiz poytaxti, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati, inson va tabiat
orasidagi munosabat, tabiatni muhofaza qilish. O‘quvchilar geografiya faniga oid quyidagi bilim,
ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
1- sinf
Bilim:
- ko‘cha va transportda yurish qoidalari;
- uy hayvonlarining yovvoyi hayvonlardan farqi;
- qush va hasharotlarning bir-biridan farqi;
- madaniy va yovvoyi o‘simliklar;
- o‘simlik qismlari (ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘);
- yil fasllari nomlari;
- ob-havoning turlicha bo‘lishi;
- o‘quv qurollari, uy jihozlari, oshxona anjomlari, xonadonda
foydalaniladigan elektr asboblar, kompyuter va uning imkoniyatlari;
- suvning inson, o‘simlik va hayvonlar uchun ahamiyati, suvni behudaga isrof qilmaslik zarurligi.
Ko‘nikma:
- o‘z maktabini tavsiflay olish;
- o‘zining yashash manzilini ayta olish;
- o‘simlik va hayvonlarning hayoti uchun oziqlanishi zarurligini tushuntira
olish;
- uy hayvonlaridan 5-6 tasining nomini ayta olish;
- yovvoyi hayvonlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;
- qushlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;
- hasharotlardan 5-6 tasining nomini ayta olish;
- Quyosh, yorug‘lik va issiqlikning erdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay
olish.
Malaka:
- kun tartibiga rioya qilish;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
- oshxona ishlarida onasiga yordam berish;
- yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish.
^ 2- sinf
Bilim:
- fasllardagi mavsumiy o‘zgarishlar;
- Yerning Quyosh atrofida, Oyning Yer atrofida aylanishi;
- jism va moddalar;
- suvning uch holati;
- kishilarning kuz, qish va bahordagi mehnati;
- aksariyat o‘simliklarning urug‘dan ko‘payishi;
- termometr;
- inson bilan tabiatning bog‘liqligi;
- ovqatlanish gigiyenasi;
- vaqt o‘lchov birligi.
Ko‘nikma:
- havo va suvning Yerdagi hayot uchun zarurligini tavsiflay olish;
- kuzatishga asoslanib havodagi o‘zgarishlarni tushuntira olish;
- tabiatni asrashning muhimligini tavsiflay olish;
- O‘zbekistonda yetishtiriladigan 5-6 xil o‘simliklarni ayta olish;
- inson va tabiat orasidagi munosabatni tavsiflay olish;
- kun chiqishi, tush vaqti, kun botishini tushuntira olish.
Malaka:
- termometr yordamida havo va suvning haroratini o‘lchash;
- soatdan vaqtni aniqlash;
- shaxsiy gigiyenaga amal qilish;
- tishni parvarishlash;
- ovqatlanish tartibiga amal qilish;
- tabiatni muntazam kuzatish va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd qilish.
^ 3- sinf
Bilim:
- jonli va jonsiz tabiat; - tabiat hodisalari;
- shamol — havoning harakati ekanligi;
- suvning asosiy xususiyatlari;
- okean, dengiz, daryo, ko‘llar;
- tabiatda suvning aylanishi;
- atmosferadagi hodisalar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi);
- foydali qazilmalar;
- o‘tsimon va butasimon o‘simliklar, daraxtlar;
- foydali va zararli hasharotlar;
- inson tanasining tuzilishini, teri, skelet va muskullarning vazifalari;
- yurak va qon tomirlari, nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari,
nerv sistemasining vazifalari;
- chekish, alkogol ichimliklari va giyohvand moddalarni iste’mol qilishning
organizmga ta’siri.
Ko‘nikma:
- suvning muzlashi, muzning erishi, suvning qaynashini tavsiflay olish;
- yashash joyidagi keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlarni tavsiflay olish;
- eng muhim madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va hosilini yig‘ishni
tavsiflay olish;
- manzarali o‘simliklarning ahamiyatini tavsiflay olish;
- tabiat manzarasini tavsiflay olish.
Malaka:
- maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tkazish;
- gigiyenik qoidalarga amal qilish;
- tabiatni muhofaza qilish, tabiatda o‘zini tutish qoidalariga amal qilish;
- «Qizil kitob»ga kirgan 5-6 ta o‘simlik, 3-4 ta hayvon turlarini aytish;
- gerbariylarni tayyorlash;
- tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, kundalik materiallar bo‘yicha
kuzatishlarga yakun chiqarish.
^ 4- sinf
Bilim:
- Koinotning bepoyonligi, yulduzlarning son-sanoqsizligi, ulkanligi;
- Yer, Quyosh va Oyning qiyosiy o‘lchamlari;
- yarimsharlar tabiiy xaritasi;
- tog‘, o‘rmon, cho‘l, dasht tabiati;
- ufqning asosiy tomonlari;
- Yer yuzasining asosiy shakllari, ularning tabiiy xaritada tasvirlanishi;
- o‘simlik va hayvonlarning inson hayotidagi o‘rni;
- O‘zbekistondagi yirik qo‘riqxonalar;
- globus Yerning andozasi ekanligi;
- foydali qazilmalarning xaritada tasvirlanishi.
Ko‘nikma:
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tunning almashinishini
tushuntira olish;
- foydali qazilmalardan 5-6 tasini tavsiflay olish;
- Toshkent shahri, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiati,
aholisi, ular markazlaridagi diqqatga sazovar joylarni tavsiflay olish;
- tabiatni muhofaza qilish zarurligini tavsiflay olish.
Malaka:
- Quyosh va mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini aniqlash;
- yarimsharlar xaritasidan O‘zbekiston hududini topish;
- xaritadan O‘zbekiston bilan chegaradosh Davlatlarni ko‘rsatish;
- O‘zbekiston tabiiy xaritasidan o‘lkamiz tog‘ va tekisliklarini, yirik