Ular elektrokimyoviy yemirilish ta’siriga uchramaydi. Ulardagi bosimning pasayish
qiymati metall quvurlarga nisbatan taxminan 30% kam. Bu quvurlar ichki yuzasida yangi
qatlamlar hosil bo’lmaydi va shu sababli bosim pasayish qiymati vaqt o’tishi bilan
o’zgarmaydi.
Po’lat quvurlarda hosil bo’ladigan gidravlik zarba plastmassa quvurlardagidan ma’lum
darajada past bo’ladi. Sababi bunday quvurlar tayyorlangan materiallarning elastik
modeli past bo’lganligida. Ular metall va boshqa materiallardan tayyorlangan quvur
materiallaridan yengil. Plastmassali quvurlar suv ta’minoti tizimida tashqi tarmoqlarda
ishlatiladi. Plastmassa quvurlarning kamchiligi — ularning bo’ylama cho’zilish
koeffittsientining kattaligi va egilishga bo’lgan qarshiligining kamligidir.
Suv tahmirlash tizimlarida polimer quvurlarning GOST 2842— 82 turi «Ichimlik suvi»
gigienasi va sifatini nazorat qilish talabiga to’la javob beradi.
Suv ta’minoti tizimida ichki va tashqi tarmoqlar uchun plastmassali bosimli
quvurlar — past zichlikli polietilen (PNP) va yuqori zichlikli polietilen (PVP)
materiallaridan tayyorlangan, GOST 185899—83 o’zgartirishlari bilan quvurlar
ishlatiladi.
Yuqori zichli polietilendan (polietilen past bosimi) tayyorlangan quvurlar diametri
10—1900 mm bo’ladi. Past zichli polietilendan (polietilen yuqori bosimli) tayyorlangan
quvurlar diametri 10—160 mm bo’ladi.
Ko’rsatilgan quvurlar to’rt turda tayyorlanadi. L. SHL. SH va T quvurlarining ishchi
bosimlari 0,25; 0,4; 0,6 va 1,0 MPa ga tengdir. Bu bosimlar quvurlardagi suvining
harorati 20° bo’lganida kamida 50 yil xizmat qilishi ko’zda tutiladi.
Bosimli polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan quvurlar TU 6—19—231—83
bo’yicha chiqariladi. Ular to’rt sinfda: SL, S, T va OT tayyorlanib, bosimlarining tegishli
qiymatlari 0,4; 0,6; 1,0 va 1,6 MPa ga tengdir, diametri esa 10 - 315 mm bo’ladi.
Suv ta’minoti tizimida bosimli polipropilenli quvurlar TU— 38—102—100—76
asosida tayyorlanadi. Ularning diametri 32— 200 mm, ishchi bosimi esa 1,0 MPa bo’ladi.
Quvurlarni ulash usulida ularning ishlash sharoiti va yetkazilishi hamda
materialining turiga qaraladi. Plastmassali quvurlarni bir-biriga ulashda yelimlash,
payvandlash va manjetlar ishlatish usulidan foydalaniladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib kelajakda zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab
chiqiladigan polimer materiallardan tayyorlanadigan quvurlarga ehtiyoj oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: