3-rasm. Ketma – ket mintaqalashtirish shakli.
4-rasm. Parallel mintaqalashtirish shakli.
Ketma – ket joylashtirilganda joyning ta’minlash tarmog’i ikkita ketma – ket
birlashtirilgan tarmoqga bo’linadi. Ikki mintaqa orasidagi chegara b – b tarmoqdagi eng
yuqori ruxsat etilgan bosim
i
H
qiymat bo’yicha aniqlanadi. Tarmoqning pastki
mintaqasida xam bosim
i
H
ruxsat etilganidan oshmasligi shart.
Suv bosh nasosdan
I
Q
+
II
Q
miqdorida uzatiladi, bu sarf ikkita mintaqani ta’minlab
beradi va zonalar orasida suv qayta ko’tarilishini hisobga olib N bosim ostida uzatiladi. Bu
yerda ikkinchi mintaqa uchun nasos bekatida NSH joylashtiriladi. U pastki mintaqadagi
tarmoqdan Q
II
miqdorda suv oladi va N
n
bosim ostida uning yuqori zona tarmog’iga uzatadi.
SHunday qilib, yuqori zonaning suv sarfi tranzit holatda pastki mintaqa tarmog’i orqali
uzatiladi. Parallel zonalash tizimida umumiy tarmoqlarni pastki va yuqori mintaqaga bo’lish
sharti oldingisiga o’xshash, lekin suv bir mintaqa tarmog’iga umumiy bosh nasos
shahobchasida joylashtirilgan va har bir mintaqa uchun alohida nasos to’plamidan alohida suv
uzatish quvurlari orqali ta’minlanadi. SHunday qilib, mintaqa parallel ishlaydi. Yuqori
mintaqaga suv uzatish quvurlari ko’pincha pastki mintaqaning maydonida yotqiziladi.
Pastki mintaqadagi nasos Q
I
sarfni N
;
bosim ostida shu mintaqaga kerakli miqdorda
uzatadi: yuqori mintaqadagi nasos Q
II
sarfni ma’lum darajada yuqori H
n
bosimda uzatadi,
chunki ikkinchi mintaqadagi nasos suvni ma’lum darajada geometrik balandlik bo’yicha
yuqoriga uzatadi va uning bosimiga suv uzatish quvurlaridagi bosim pasayish qiymati katta
miqdori kiradi. Parallel mintaqalashtirilganda bosimlar H qiymati birinchi zona uchun va H
ikkinchi mintaqa uchun (a-b nuqtalarida suv uzatish quvurlari mintaqalari maydonini
birlashtiradi) ruxsat etilgan bosimdan oshmasligi kerak. Mintaqalashtirish tizimlari o’ziga xos
afzallik va kamchiliklarga ega.
Ketma-ket mintaqalashtirish tizimining kamchiligi shundaki, alohida qo’shimcha
nasos shahobchasini qurishni talab etadi (har bir ortiqcha zona uchun), bu o’z o’rnida qurish
va ishlatish uchun sarflanadigan mablag’ni oshiradi. Bu tizim parallel zonalashtirishga
nisbatan kam ishonchli, chunki parallel mintaqalashtirishda har bir mintaqaga bir-biridan
mustaqil suv yuboriladi.
Parallel mintaqalash tizimining kamchiligi uzatish quvurlarining umumiy uzunligi oshib
ketadi, natijada ularni qurish uchun sarflanadigan mablag’ ham oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |