o’rnatiladi. Oqova suvlarni bosim ostida uzatish uchun mahalliy, tuman va bosh
nasos shahobchalari joylashtiriladi.
Oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish, tozalash jarayonida hosil bo’lgan
cho’kmalarga ishlov berish uchun mo’ljallangan inshshotlar va muhandislik
kommunikatsiyalar majmuasi tozalash inshootlari deb nomlanadi. Tozalash
inshootlarining turlari oqova suvlarning tarkibi va miqdoriga, tozalangan oqova
suvlarga qo’yiladigan shartlar asosida qabul qilinadi.
Tozalangan oqova suvlarni suv havzalariga qo’shish aralashtirish qurilmalari
yordamida amalga oshiriladi. Nasos va tozalash shahobchalariga keluvchi
kollektorlarda, falokat sodir bo’lgan (avariya) holatlarda, oqova suvlarni bevosita
havzalarga tashlovchi falokat sodir bo’lgan (avariya) holatdagi tarmoqlar
o’rnatiladi.
Oqova suvlar, barcha oqova suvlarni oqizdirish havzalarida yig’ilib bitta
tozalash inshootiga jo’natilganda tizim markazlashgan, bir necha tozalash
inshootlariga jo’natilganda esa radial tizim deb nomlanadi.
Suv havzasiga nisbatan oqizish tarmoqlari shaklan perpendikulyar, kesishgan,
parallel, mintaqaviy va radial shaklda joylashishi mumkin.
Perpendikulyar shaklda tarmoqlar havzaga nisbatan perpendikulyar joylashgan
bo’lib asosan atmosfera oqova suvlarini oqizishda ishlatiladi.
Kesishgan shaklda oqova suvlarni oqizish tarmoqlari suv havzasi qirg’og’i
bo’ylab joylashgan yig’ish kollektoriga qo’yiladi, bo’lingan va umumoqizuv
tizimlarda ishlatiladi.
Yer yuzining relg’efi nisbatan tekis joylarda oqova suvlarni oqizish tarmoqlari
suv havzasiga taxminan parallel joylashgan
parallel shakl ishlatiladi.
Radial shaklda oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining joylashuvi markazdan
chetga yo’naltirilgan bo’lib har bir kollektor o’z tozalash inshootiga ega.
Aholi punktining relg’efi sezilarli farq qiluvchi sathlarda joylashgan paytlarda
oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining mintaqaviy oqizish shakli ishlatiladi.
Mahlum oqova suvlarni oqizish tizimi uchun kollektor yo’nalishini tanlash,
uning yotqizilish chuqurligi aniqlash, nasos shahobchalari joyi va soni, tozalash
inshootining joylashishi har xil texnik yechimlar yordamida amalga oshirilishi
mumkin.
Sanoat korxonalaridagi oqova suvlarning tarkibi va ifloslanish darajasiga
bog’liq holda oqova suvlarni oqizish bir yoki bir necha tarmoqlar orqali amalga
oshirilishi mumkin.
Qabul qilingan oqova suvlarni oqizish tizimiga muvofiq aniq texnik-iqtisodiy
asoslangan yechimlar asosida shakllar ishlab chiqiladi.
Oqova suvlarni oqizish tizimi ko’zda tutilayotgan aholi punkti bosh rejasida
oqova suvlarni oqizish basseynlari belgilanib bosh kollektor, ko’cha oqova
suvlarni oqizish tarmoqlari, nasos shahobchalari, tozalash inshootlari va
tashlamalar joyi, urni ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: