Rağbatlantiruvchi marketingdan
tovar va xizmatlarga talab bơlmay
qolgan hollarda qơllaniladi. Rağbatlantiruvchi marketingning asosiy instrumenti -
narxlarni keskin pasaytirish, reklamani kuchaytirish va tovarni siljitishning
samarali uslublaridan foydalanishdir.
Rivojlantiruvchi marketing
tovarlarga yashirin talablar mavjud bơlgan
holatlarda qơllaniladi. Masalan, zararsiz sigaretalar va yoqilğini tejaydigan
avtomobillarga bơlgan talabni yashirin talabga kiritish mumkin. Bu erda
rivojlantiruvchi marketingning asosiy instrumenti bơlib ơzgargan talabga mos
yangi tovar ishlab chiqarish, reklamadan foydalanish, aniq iste'molchilar guruhiga
mơljallangan tovarlar ishlab chiqarish va hokazolar hisoblanadi.
Remarketing
- tovarning haddan tashqari kơpayishi natijasida unga bơlgan
talab pasaygan vaqtlarda qơllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |