45
9-Mа’ruzа
(
2 soаt
)
HIDLAR, MUSIQA VA YORUG’LIK MERCHANDAYZING
VOSITALARI
Rеjа:
1.Hidlarni ta'sir kuchi.
2.Merchandayzingda musiqaning ơrni.
3.Yoruğlik, chiroqlar- merchandayzing vositasi.
Tayanch so’zlar:
Makrosmatik, mikrosmatik, savdo zali, zonalar
1.Hidlarni ta'sir kuchi.
Odamzod hayvonot dunyosiga juda yaqin hisoblanadi. Hayvonlarni
hid bilishi 3 kategoriyaga bơlinadi :
1 )makrosmatiklar, 2)mikrosmatiklar,3)hidlarni umuman bilmaydigan hayvonlar
(kitlar). Birinchi kategoriyaga-makrosmatiklarga sher, bơri, itlar va boshqa yirtqich
hayvonlar kiradi.Masalan sherda 120mln.hid bilish hujayralari mavjud. Ikkinchi
kategoriyaga-mikrosmatiklarga maymunlar va odamlar kiradi.Odamlarda faqatgina
6 mln. hid bilish hujayralari bor.Maymunlarning asosiy sezgi organi kơrish
hisoblanadi, ular yashil rangli barglar orasidan mevalarni ajratib olish
qobiliyatiga ega, mevalarni hidi ular uchun unchalik axamiyatga ega emas
.Zamonaviy inson uchun hid bilish juda muhimdir . Eshitishni, kơrishni yơqotgan
odam nogiron hisoblanadi .Hid bilishni yơqotgan odam ơzini nogiron deb
hisoblamaydi.Lekin hid bilish hayotni sifatini belgilaydi. Ayollarga 15 sekund
yetarli bơlarkan biron bir hidni sezish uchun, erkaklarda esa kơproq eshitish va
boshqa sezgi organlari rivojlangan.
Hidlar umuman olganda yoqimli va yoqimsiz bơlishi mumkin. Shu asosiy
ajratish insonlarga parfyumeriya mahsulotlarini tanlashda, odamlar orasida
muloqot ơrnatishga yordam beradi. Agar hid yaxshi ijobiy ta'surotlar bilan boğliq
bơlsa, yaxshi kayfiyatni keltiradi. Yomon, yoqimsiz narsalar va hodisalar bilan
boğliq bơlsa depressiya holatini keltiradi . Masalan: haydovchiga benzin hidi
mashinada yaxshi
yurishini eslatsa, musiqa konservatoriyasida benzin hidi odamlarga yoqmaydi.
Shunday qilib hid bilish hodisalar bilan boğliqdir. Bu ma'lumotlarni
merchandayzer yoki merchandayzingda hidlar bơyicha mutaxassis-
aromamarketolog bilishi shart. Bundan tashqari hidlar «katta» va « kichik»
hidlarga bơlinadi.
46
«Katta» hidlar uzoq masofadan seziladi va ommaviy tuyğular bilan boğliq
bơladi.Masalan: bu hidlarga jalla quygandan keyingi azon va nam hidi, dengiz hidi,
ekzotik tropic hidlar, shimoliy va janubiy shamol hidi kiradi.
«Kichik» hidlarga qisqa masofadan bilinadigan hidlar kiradi. Bu hidlarga yaqin
insonlarning hidlari,bolalarining hidlari,intim hidlar kiradi. Har bir odamning
intim hidi ,uni ơrab turgan 1metr kvadrat masofasida bơladi. Zamonaviy inson
ơzini faqatgina kiyim orqali emas, balki hidlar(atir hidi,tamaki hidi va bosh... )
orqali ham kơrsatadi.
Zamonaviy merchandayzing usullaridan biri bu savdo joylarida sun'iy
hidlarni tarqatish hisoblanadi.Bunday hidlarni magazinlarda tarqatishdan maqsad,
xaridorni uzoqrok vaqtga magazinda qoldirish va shuni oqibatida u kơproq tovar
sotib olishiga imkoniyat yaratish. Agar xaridorga magazindagi hid yoqimli bơlsa,
uning xotirasida “men bu yerda ơzimni yaxshi his qildim”degan fikr qoladi va
xaridorni yana shu magazinga qaytib kelishiga sabab bơladi.Magazinda hid
tarqatish kerak bơlgan 3 hil hudud mavjud:1)magazinga kirish zonasi,2) kiyinish
zonasi,3)kassa apparati yonidagi zona.
Do'stlaringiz bilan baham: