3.Merchandayzing bơlimi.
Agar bayerga mahsulotni sotib olish vaqtida sezgi zarur bơlsa,
merchandayzerga esa assortimentni sotilishini ta'minlab berish uchun tajriba
kerak bơladi.
Bu mutaxassislar juda kơp va tez-tez muloqot qilishadi, chunki ular moliyaviy
daromadlar uchun mas'ul hisoblanishadi. Demak, merchandayzerlar sotuvlar
byudjet ramkalarini, tovar kategoriyalari va assortimentdagi liniyalar miqdorini
belgilab berishadi. Ular bayerlarga mahsulotlarni xarid qilish tartibini taqdim
qilishadi, ularda narxlar belgilangan (minimal, urta yoki yuqori) hamda ularning
magazinlarda paydo bo’lish muddatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
River Island kompaniyasining erkaklar aksessuarlari bo’yicha
merchandayzeri Nik Atkinson ơz ishi haqida quyidagilarni bayon qiladi: «Men
bayer va komandaning boshqa a'zolari bilan yonma-yon ơtiraman, magazinlarga
mahsulotni taqsimlash bơlimining boshliği va merchandayzerning assistenti bilan
hamkorlik qilaman. Tavakkalni minimumlashtirish, potentsialni maksimizatsiya
qilish va assortiment balansini rejalashtirish mening vazifamga kiradi. Bizda
mavsum davomida qancha foyda kơrish va necha foiz chegirma qilish imkoniyati
xususida ma'lumotlar mavjud bơladi. Merchandayzer kompyuterda yaxshi
ishlashni bilishi zarur, chunki uning faoliyati hisob-kitob bilan boğlik, u vaziya
tni tinmay tahlil qilishi kerak. Uning eng muhim hussusiyati - u raqamlar bilan
erkin muomala qila olishi va raqamlarda kerakli ma'lumotlarni kơra olishi zarur.
Bundan tashqari, dizayn, xarid va merchandayzing bơlimlari ơrtasidagi doimiy
kommunikatsiya ham katta ahamiyatga ega».
Merchandayzerlar muhim majlislarda va xaridlar tsikli bilan boğlangan turli
jarayonlarda asosiy rol o’ynaydi. Ular bayerlarga turli tijorat masalalarida
konsultatsiyalar beradi, modellar ishlab chiqargan mamlakati, yetkazib
beruvchisi, ishlab chiqarilgan vaqti, umuman, turli parametrlariga kơra farqlanishi
mumkin. Ular shuning uchun assortimentning narxi haqida ham ma'lumot berib
boradilar. Agar mahsulot rejalashtirilganidan past narxga ega bơlsa, ushbu
assortimentning boshqa yuqori narxdagi tovarlari hisobiga kompensatsiya qilish
44
mumkin. Buni narxlarni "mu'tadillashtirish" deyiladi. Bu vaziyat
assortimentning ơrtacha narxlari rejalashtirilganidan past bơlgan yoki oshib
ketgan vaziyatlarda kuzatish mumkin. Merchandayzerlar bayerlar va dastlabki yoki
takroriy buyurtmalarni yetkazib beruvchilar bilan tez-tez muloqotda bơlishadi. Bu
munosabatlar assortimentdagi har bir modelning omadga erishishida muhim
axamiyatga ega. Ulgurji sotib oluvchilar mahsulotni ishlab chiqish bosqichining
katta qismini nazorat qilishsa, merchandayzerlar esa estafetani ishlab chiqarish
bosqichida qabul qilib olishadi. Bayerlar va merchandayzerlar mahsulot yetkazib
beruvchilar bilan ham qơshma majlislar ơtkazishlari mumkin, bu juda kơp
mamlakatlarda, hususan, Buyuk Britaniyada ham amalga oshirilmoqda.
Chakana savdo bilan shuğullanuvchi ayrim kompaniyalarda merchandayzing
bơlimi ơrniga zahiralarni boshqarish komandasi ishlaydi. Bu komanda nisbatan
kamroq vazifalarni bajaradi. Boshqa kompaniyalarda reteylerlarga joriy mavsum
uchun yetkazib beriladigan mahsulot bilan bayerlar emas, balki
merchandayzerlar shuğullanishadi. Merchandayzer, shuningdek, magazinlar
personali bilan muloqot qilish, mahsulotlarni omborlarga joylashtirish, tovarlarni
distributsiya qilish bilan ham shuğullanadi. Ayrim kompaniyalarda maxsus
komandalar mavjud bơlib, ularning a'zolarini magazinlarga maxsulotlarni tarqatish
bo’yicha menejerlar, optimizatorlar yoki merchandayzerlar, deb ham atashadi.
Merchandayzer sotuvlarning borishini ham nazorat qiladi, u odatda, sotuvlar
haqidagi xisobotni har haftada monitoring qiladi. Kơplab moda magazinlari
elektron kontrol-kassa apparatlari sistemasi bilan jihozlangan bơlgani uchun ular
barcha ma'lumotlarni zudlik bilan markaziy bazaga yetkazadilar.
Shuning uchun merchandayzerlar sotuvning har kungi hajmi haqida
ma'lumotga ega bơlib boradilar. Merchandayzerlar qabul qilingan ma'lumotlar
asosida ishlab chiqaruvchilardan yaxshi sotilayotgan mahsulotlarni takroriy sotib
oladilar, yomon sotilayotgan mahsulotlarning esa narxini pasaytiradilar. Shu
tariqa, merchandayzerlar bayerlar tomonidan shakllantirilgan va tanlangan tovarlar
assortimentini magazinlarga ơz vaqtida va zaruriy miqdorda yetkazib berishga
mas'ul bơladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |