mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20
boshladilar. Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi
faoliyat” ma'nosini anglatadi.
4
Marketing
- murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga
tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda
chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari
berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim .
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini
quyidagicha ifodalaydi: “
Marketing
- tovarlarni yaratish, taklif etish va
ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”.
Boshqaruv muammolari bơyicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Piter
Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan
harakatlarni yơq qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday ơrganish
va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib,
pirovardida ơzini -ơzi sotadi”.
Frantsuz marketing maktabida qơllaniladigan ta'rif ham Piter Drukker ta'rifiga
juda yaqin turadi. Unga kơra: «Marketing -bu sotishni ta’minlash va sotuvga
tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali
ularning talabini qondirish maqsadida ơtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir».
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi
esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir».
Keltirilgan ta’riflardan kơrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu
bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi,
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bơlamiz.
Demak, marketing bir vaqtning ơzida «ham mushohada va ham harakat jarayoni»
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga kơtarilgan mamlakatlarda
marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab
texnologiyalargacha bơlgan jarayonlarda yaqqol kơrinmoqda. Bugungi bozor
iqtisodiyoti chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa
bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat kơrsatishining
birdan-bir yơli marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga
shubha tuğdirmaydi.
Respublikamizda ham sơngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan
tovarlarga talab va taklifni ơrganish bơyicha marketing tadqiqodlarini ơtkazish
mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa
bizning davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq
xơjalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan
dalolatdir.
Yangi tovarni yaratdim va ishlab chiqardim, bu yaratgan va ishlab chiqargan
tovarlarim bozorga ơzi yơl topadi deb ơylaydigan korxona rahbarlari
yangilishadilar. Albatta, kơpgina korxonalarning asosiy vazifalaridan biri samara
beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Lekin, bu tovarlarni
muvaffaqqiyat bilan bozorga siljitish ham muhim vazifalardan sanaladi.
5
Bugungi kunda marketing tadbirkorlik sohasida ham ơz ơrnini topmoqda.
“Tadbirkor - iste'molchi” bozori munosabatlarida marketingning ơrnini 1-
chizmada keltirami
Do'stlaringiz bilan baham: