Savol va topshiriqlar
1. Bola tarbiyasida ota-onaning burch va mas’uliyatini so‘zlang.
2. Dono xalqimiz „Bola boshdan — nihol yoshdan“, „Bola aziz, odobi
undan aziz“, „Erkalasa onasi, taltayadi bolasi“, „Qush uyasida
ko‘rganini qiladi“ kabi maqollar orqali ota-onalarga nimalarni
uqtirmoqchi bo‘ladi?
3. Oila baxti ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq deyishadi. Buni Siz qanday
tushunasiz? „Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham
xotin“ degan naql bor, xalqimiz bu bilan nima demoqchi?
4. Maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligining qanday yo‘l va
vositalarini bilasiz?
5. „Mahallang — ota-onang“, „Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona“
hikmatlarining ma’no-mazmunini yozma ravishda bayon qiling.
453
Do'stlaringiz bilan baham: |