Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana07.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#328686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
pedagogika

Savol va topshiriqlar
1. Dunyoqarash tushunchasini izohlang.
2. Dunyoqarashning tarixiy turlari haqida nimalarni bilasiz?
3. O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish yo‘llari va
vositalari haqida gapiring.


399
XXXI BOB. 
 
HUQUQIY TARBIYA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlat
qurish asosiy maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlangan. Ushbu
maqsadni amalga oshirish uchun aholining huquqiy ongini
oshirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muhim sanaladi.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish demokratik
sharoitda ularning to‘g‘ri yashay va ishlay bilishlari hamda huqu-
qiy ta’lim tarbiyasini yuksak tarzda olib borish bilan bevosita
bog‘liqdir. Huquqiy davlat qurish jarayonida barchaning ishtirok
etishi muvaffaqiyatlar garovidir. Bunga fuqarolarning iqtisodiy-
siyosiy, huquqiy savodxonligi, o‘z haq-huquqlari, burchlari va
majburiyatlarini chuqur anglashi orqali erishish mumkin.
Huquqiy tarbiya huquqiy ta’lim bilan (uzviy) bevosita bog‘liqdir.
1997- yili „Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish“
Dasturi qabul qilindi. Shuningdek, „Huquqiy tarbiyani yax-
shilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish,
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o‘rganish haqida“ Prezident farmoni imzo-
landi. Qabul qilingan mazkur qaror va qonunlar barkamol
shaxs tarbiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning
huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Huquq
— qonun belgilab bergan erk me’yoridir. Axloq esa
odam zimmasiga insoniy majburiyatlarni, talablarni yuklaydi.
Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qism-
laridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosa-
batlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huqu-
qiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir.
Huquqiy ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha; huquqiy his-
tuyg‘u; xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi — bu madaniyatni
shakllantirish, yoshlarni huquqiy demokratik davlat sharoitida
yashash qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
— (qonunga) huquqqa, jamoatdagi tartibni saqlovchi organ
va shaxslarga hurmat va muomalani shakllantirish;


400
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunchilik
asoslari zimmasidagi huquq va majburiyatlarni bilish;
— qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilish
va fuqarolik burchi va mas’uliyatini chuqur his etish;
— qonunbuzarlarga qarshi kurashishga shay turish;
— huquqiy demokratik davlat insoniylik prinsiðlariga hurmat
bilan qarash va h. k.
Yoshlarni huquqiy savodxon qilib tarbiyalashda huquqiy
ta’lim  muhim ahamiyatga ega. Huquqiy ongni shakllantirish
orqali huquqiy tarbiya me’yorlarini hayotga tatbiq etish muay-
yan qoidalarga amal qilishga yordam beradi. Huquqiy ongni
oshirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa mavjud qonunlar yoki
huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Xususan, bu borada „Huquqshunoslik“, „Inson huquq-
lari“, „Huquqiy tarbiya uslubiyati“ kurslarini o‘rganish muhim
sanaladi. Huquqiy bilim asoslarini o‘rgatuvchi maxsus ta’lim
turlari bilan bir qatorda, huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlari ham
katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, huquqshunoslar ishtiro-
kidagi muloqotlar, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari
bilan uchrashuvlar, savol-javob kechalari va shu kabi tashkiliy
tadbirlar ijobiy samara berishi shak-shubhasizdir.
Huquqiy bilim — huquqiy me’yorlardan o‘z faoliyati da-
vomida o‘rinli foydalana bilish qobiliyatidir. Shuningdek, u
shaxsning huquqni anglashi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, huquqiy
me’yorlarning hamda noqonuniylikning, qonunga xilof xatti-
harakatning, qonunga munosabatning kishilar tomonidan to‘g‘-
ri anglanilishidir.
O‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan fuqarolik dav-
latini barpo etish murakkab vazifa. Huquqiy ong poydevoriga
avvalo oilada asos solinadi. So‘ngra ta’lim-tarbiya muassasalarida
bu faoliyat davom ettiriladi.
Huquqiy tarbiya ishini bolalarning yoshlik chog‘idanoq
boshlash zarur. Daho xalqimiz bu borada ham o‘ziga xos
huquqiy tarbiya maktabini yaratgan. Ota-bolalarimiz bolalarga
turli mavzularda ertaklar aytib berish orqali ularning ongida ilk
huquqiy tushunchalarni shakllantirganlar. „Tekintomoq bo‘l-
ma“, „Mehnatdan qochma“, „Yolg‘on gapirma“, „Yomonga


401
yaqinlashma“, „Yomon bilan yurma“ kabi ibrat-o‘git maz-
munidagi gaplar ham kichkintoylar tasavvurida ilk huquqiy
tushunchalarni paydo qiladi. Huquqiy tarbiya serqirra, o‘ta
murakkab, uzoq davom etadigan jarayondir.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish