Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 18
Ichki qurilish nuqtai nazaridan til ma’lum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish
qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir. Shuning uchun ham til ichki
qurilishini o‘rganishda sistema va struktura tushunchalari keng qo‘llaniladi.
Umuman olganda sistema nima? Uning strukturadan farqi nimada? Dastlab
sistema (tizim) va struktura (tuzilish) atamalari sinonim sifatida ishlatilgan.
Lekin keyinchalik tizim nazariyasining rivojlanishi va aniq kuzatishlar bu
tushunchalarni qat’iy farqlash kerak, degan xulosaga olib keladi. Chunki tizim
atamasi obyektni butun holda ifodalaydi. Tuzilish atamasi esa aloqa va
munosabatning qanday tuzilganligini izohlaydi.
Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo‘llaniluvchi holatidan doimo
ortiq va keng bo‘ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning
umumiy lisoniy vositalar tizimini tashkil etadi.
Til tizimi bu tilga oid nutq ko‘rinishi reallashgan, amalda qo‘llanishda bo‘lgan
vositalardangina emas, balki bu til tizimida yuzaga kelishi, ishga solinishi
mumkin bo‘lgan qo‘shimcha, zahiraviy imkoniyatlar yig‘indisidan iboratdir.
Shuning uchun til tizimi bu tildagi zahiraviy imkoniyatlar sistemasi hamdir. Til
tizimi quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1) har bir tilda qo‘llangan imkoniyatlar; 2)
amalda mavjud, qo‘llanayotgan imkoniyatlar; 3) kelajakda qo‘llanishi mumkin
bo‘lgan imkoniyatlar majmui.
Til tizimi o‘z xarakteriga ko‘ra umumiy va mavhum hodisadir. Til tizimining bu
xususiyati nutqqa nisbatan olinganda ravshan ko‘rinadi. Tizim tarixan
shakllangan, qaror topgan umumiy-mavhum, doimiy nutq sanaladi. Tizimning
nutqiy holatga va aksincha, nutqiy jarayonning til tizimiga munosabati tilning
aloqa vositasi sifatida o‘ziga xosligini tashkil qiladi.
Til tizimi o‘z ichki qonuniyatlariga ega. Tizim - bu odatda bir tildagi va o‘zaro
shartlangan elementlar birligidan iborat. Bunday unsurlar, odatda, bir sathdagi
hodisaga mansub bo‘ladi. Tilning bir sektori yoki qavatidagi imkoniyat va
vositalarning o‘zaro bog‘liqligi aslida tilning o‘zi tizimiy hodisa ekani bilan
izohlanadi. Tildagi tizimiylik undagi bir xil unsurlarning o‘zaro bog‘liqligi va
ular yig‘indisining tildagi barcha qo‘llanishlar, yasalishlar imkoniyatini tashkil
etishida yorqin ko‘rinadi. Demak, til tizimi - bu til birliklari va qismlarining ichki
bog‘liqligidir. Tilning har bir sathiy birliklari tizimga butunning bir bo‘lagi
sifatida kiradi va aslida u til tizimidagi boshqa birliklar, qismlar bilan bevosita
yoki til kategoriyalari orqali bilvosita bog‘langan, aloqada bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
Do'stlaringiz bilan baham: |