O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/221
Sana07.01.2022
Hajmi8,04 Mb.
#327741
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221
Bog'liq
6WykhD8VuKZEbWP11T4DlJxmooeGqc8TecntqaXc

Хусусий корхоналар 
Ишлаб чиқариш 
ало
қ
алари 
Акционерлик жамиятлари, 
истеъмолчилар уюшмалари 
Касбий бирлашмалар 


48 
 
 
 
Rasm 3.4. Industrial jamiyatning sotsial strukturasi 
Ana  shu  tasniflash  asosida  oliy  sinfnitahlil  etishga  misol  tariqasida  AQSH  jamiyatini 
keltirish  mumkin:  o‘tgan  o‘n  yillikllardayuqori  qatlamning  tezlik  bilan  boyib  borganligi 
kuzatildi.  200  mingdan  400  mingacha  odamni  tashkil  etgan  (AQSH  aholisining  0,1-0,2  %)  10 
mln.  dollardan  kam  bo‘lmagan  mulkka  ega  bo‘lib,  yiliga  bir  necha  mln.  dollar  daromad  oladi. 
Taxminan 200 mingta  yuqori sinf vakillari 5 dan 10 mln. dollargacha,  yana 300 mingtasi esa 2 
mln.dan 5 mln. dollargacha yillik daromadga ega bo‘ladi. 
AQSHda  taxminan  1,5  mln.ga  yaqin  NNT  faoliyat  yuritadi.  NNT  jamiyatning  hamma 
sohalarini o‘ziga qamrab olgan bo‘lib, ular tashqi siyosat, saylovlar, atrof-muhitni himoya qilish, 
sog‘liqni  saqlash,  ayollar  huquqi,  iqtisodiy  rivojlanish,  yoshlar  va  qariyalarni  ijtimoiy  himoya 
qilish  kabi  yo‘nalishlarda  aholining  manfaatlari  va  ehtiyojlarini  ifoda  etadi  va  himoya  qiladi. 
SHuningdek,  NNT  siyosat  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  masalan,  diniy  tashkilotlar,  kasaba 
uyushmalari,  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo‘lgan  aholi  qatlamlari  –  qashshoqlar,  ruhiy  kasallar, 
yoshlar kabilarga yordam berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. AQSHdagi NNT faoliyati xususiy 
shaxslar, xususiy sektordagi tijorat kompaniyalari, xayriya jamg‘armalari, a’zolik badallari yoki 
federal va mahalliy hokimiyat organlari (grantlar) kabilar tomonidan moliyalashtiriladi.
46
 
Fuqarolik jamiyatiga  nisbatan amerikancha  yondashuv bu  sohadagi eng  mashhur  va  keng 
tanilgan – Merilend shtatidagi  Baltimor shahriga  joylashgan Jon Xopkins  universitetining  «The 
Comparative  Nonprofit  Sector  Project»  loyihasida  yaqqol  ko‘ga  tashlanadi.  Bu  loyihadan  kelib 
chiqib NNTning faoliyat turlari 12 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilandi: 1) madaniyat va dam olish; 
2)ta’lim va  tadqiqot;  3)sog‘liqni  saqlash;  4)sotsial  xizmatlar;  5)  atrof-muhitni  himoya  qilish;  6) 
lokal  hamjamiyatlarni  rivojlantirish;  7)  inson  huquqlarini  himoya qilish;  8)  filantroplar
47
  uchun 
vositachilik qilish; 9) xalqaro; 10) diniy; 11) kasbiy, uyushmalar biznes iva kasaba uyushmalari; 
12) boshqa yo‘nalishlar. 
Mazkur  loyiha  mezonlari  doirasida  35  ta  mamlakatda  (16  ta  rivojlangan,  14  ta 
rivojlanayotgan, 5  o‘tish  davri  iqtisodiyotini o‘z  boshidan  kechirayotgan)  NNTning  strukturasi, 
hajmi,  ular  faoliyatidagi  muammolar  va  natijalarga  doir  tadqiqotlar  olib  borilib,  ularning 
yakunlari  natijasi  o‘laroq  quyidagilar  aniqlandi:  Bu  mamlakatlarda  YAIMdagi  uchinchi  sektor 
hissasi 1,3 trl. yoki YAIMlar yig‘indisini 5,5 % ini tashkil etgan. NNTda deyarli 40 mln. odam 
(shundan 20 mln. kishi ish haqi olib ishlagan) faoliyat yuritib, bu ko‘rsatkich 35 ta mamlakatdagi 
iqtisodiy faol aholining 4,5 foizini tashkil etgan.
48
 
Hozirgi  davrga  kelib  yuqori  sinf  murakkab  ichki  strukturaga  egaligi  bilan  tavsiflanadi:  u 
mulk  tashkiliy  shakllariga  bog‘liq  holda  toifalashgan  guruhlardan  iborat  ekanligi;  qo‘shimcha 
kapital  o‘lchami  va  sohasi;  kasbiy  faoliyatining  (oliy  darajali  menejerlar,  siyosatchilar, 
                                                           
46
 История НКО в США Блог посольства США в Москве http://embassy-voices.livejournal.com/19048.html. 
47
 Филантроп [юнон. philanthropes] – филантропия билан шуғулланувчи, хайр-эҳсон қилувчи шахс. 
48
Санович С. Исследования гражданского общества и НКО в Европе и США (краткий об зор).Материал подготовлен специально для 
информационно-аналитического портала "Socpolitika.ru"// http://www. socpolitika. ru/rus/ngo/foreign_experience/document4692_print.shtml. 


49 
 
boshqaruvchilar)  turi;  turmush  tarzining  xususiyatlari;  siyosiy  maqsadi  va  yo‘nalishi;  etnik, 
hududiy, demgrafik va boshqa belgilari. 
Postindustrial  mamlakatlar  yuqori  sinfi  sotsial  tarkibidagi  o‘zgarishlar  quyidagilar  bilan 
birga sodir bo‘lmoqda: 
-yirik mulkdorlarning jamiyatda tutgan o‘rni yanada mustahkamlashmoqla; 
-bir  tomondan,  yollanma  xodim,  ikkinchi  tomondan,  ishlab  chiqarish  vositalari  egasi 
sifatida  faoliyat  yuritayotgan  oliy  darajali  xodimlar  va  menejerlar  roliningjiddiy  ravishda  o‘sib 
borishi; 
-yuqori  sinf  vakillarining  katta  siyosatda  faolligini  o‘sib  borayotganligi,  ularning  siyosiy 
maqsadlar uchun moliyaviy xarajatlarini oshib borishi. 
Bu  sinfning  miqdorini  faqat  taxminan  chamalab  aytish  mumkin:  bu  ko‘rsatkich  iqtisodiy 
faol aholining taxminan 3-4 foizini tashkil etadi. 
Mashhur  tarixchi  Arnold  Toyinbining  fikricha,  zamonaviy  sivilizatsiya  –  bu  o‘rta  sinf 
sivilizatsiyasi. Rivojlangan mamlakatlar jamiyati strukturasida o‘rta sinfning hissasi 60-70 foizni 
tashkil etadi. Turli ilmiy maktablar o‘rta sinfni sotsial birlik sifatida ajratib ko‘rsatish uchun turli 
mezonlardan  foydalanadi.  Ko‘pincha  maqomning  o‘zini  o‘zi  baholashi  va  daromad  mezon 
sifatida  qo‘llaniladi.  G‘arb  jamiyatlarining uchdan  ikki  qismi o‘rta  sinfga  yaqin  daromad oladi, 
kambag‘allar  va  boylar  unchalik  ko‘p  emas,  deb  hisoblashlar  keng  tarqaldi.  YAna  aksariyat 
tahlilchilar  hozirgi  o‘rta  sinf  ishlab  chiqarish  vositalariga  mayda  mulkiy  egalik  qiluvchilardan 
iborat  degan  fikrni  bildiradi.Bu  kabi  mayda  ishbilarmonlar  –  “eski  o‘rta  sinf”  deb  ataluvchi 
AQSH  fermerlari  va  Buyuk  Britaniya  savdo-sotiq  korchalonlari  10-15  foizni  tashkil  etadi. 
Rivojlangan  mamlakatlardagi  “yangi  o‘rta  sinf”  yoki  “menejerlar  va  mutaxassislar  sinfi”  deb 
ataluvchi  sotsial  birlik  20-25  foizni  tashkil  etib,  ularning  aksariyat  qismi  oliy  ma’lumotli 
mutaxassislar,  aqliy  mehnat  xodimlari,  erkin  kasblar  vakillaridan  iboratdir.  Agar  asosiy  mezon 
mehnatning turi sifatida qo‘llanilsa, u holda o‘rta sinfga “oq yoqaliklar”, ya’ni oliy ma’lumotga 
ega bo‘lmagan (“pastki o‘rta sinf”) xodimlar ham mansub bo‘ladi. SHuningdek, o‘rta qatlamlarni 
bozor munosabatlari va  mehnat turidan kelib chiqib aniqlashdan tashqari madaniy  va qadriyatli 
yo‘nalganligi  asosida  aniqlash  usuli  ham  keng  qo‘llaniladi  (3.4.-rasm  g‘arbiy  Evropadagi 
umumiy holatni ifrdalaydi).  
O‘rta  qatlamlar  jamiyatning  farovon  yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  ehtiyojlarni 
qondiradi:  ishchi  o‘rinlari,  iste’mol  mollari,  tibiiy  yordam,  ilmiy  kashfiyotlar  va  boshq. 
Jamiyatshunos  olimlarning  fikricha,  o‘rta  qatlamlar  –  sinflar-muholiflar  o‘zaro  ixtiloflarini 
yumshatuvchi  omil  sifatida ham  namoyon  bo‘ladi.  Sotsial-iqtisodiy  nuqtai  nazardan  qaraganda, 
o‘rta  sinfga  turli  kasblar  mehnati  ichidagi,  shahar  bilan  qishloq  turmush  tarlaridagi  o‘zaro 
ziddiyatlarni kamaytirish tamoyili xosdir. Oila munosabatlarida o‘rta sinf jamiyatning ayollar va 
erkaklar  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratishida,  an’anaviy  oilalar  qadriyatlarini  yoyuvchi  omil 
sfatida  namoyon  bo‘ladi.  Siyosiy  jihatdan  o‘rta  qatlamlar  an’analar,  me’yorlar,  bilimlarni 
tashuvchi,  yuksak  fuqarolik  va  mustaqil  shaxslikni  namoyish  qiluvchi  markazga  oid  (sentrik) 
harakatlarning ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.
49
  
Rivojlangan  mamlakatlar  jamiyatlari  sotsial  strukturasida  o‘rta  qatlamning  asosiy  o‘rinni 
egallashi,  pastki  qatlamlar  o‘rtasida  onda-sonda  ijtimoiy-siyosiy  tanglikning  o‘sishiga 
qaramasdan,  jamiyatni  barqaror  ravishda  yashashi  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratadi.  Bu  kabi 
tangliklar  ko‘pchilikning (o‘rta  sinfning)  betaraf  vaziyatda turishi  natijasi  o‘laroq  yumshatiladi. 
Eng  muhimi  –  bu 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish