1.7. Biogeotsenoz
……………………………………………….29
1.8. Ekotizim populyatsiya bo’la oladimi?
...............................30
1.9. Biomalar
…………………………………………………...31
1.10. Ekologik makon
………………………………………….30
1.11. Hayotiy shakl
……………………………………………..32
1.12. Areal
………………………………………………………33
2- ma’ruza. BIOEKOS QONUNLARI
…………………….....35
2.1.Qonun va qonuniyat haqida tushuncha
………………….35
2.2. Bioekosning asosiy qonuni
………………………………..36
2.3. Kommoner qonunlari
……………………………………..36
2.4. Evolyutsion va tizimli qonunlar
…………………………..39
2.5. Xilma-xillik qonunlar
……………………………………..39
2.6. Tirik organizmlarning fizik –kimyoviy birlik qonuni
…..40
2.7. Ekologik qoidalar va printsiplar
…………………………40
Lekin tabiat chiqindisini kamaytirishga harakat qiladi. Shuning
uchun ham bir organizm chiqindisi ikkinchisi uchun yashash
sharoitini tashkil etadi, buni tuproq misolida ko’rish mumkin.
B.Kommonerning uchinchi qonuni hozircha bizning
bilimimiz yetarli emasligi, tabiat o’z mexanizmi va faoliyatini
«yaxshi» bilishini anglatadi. Bu qonun: tabiatni yaxshilayman deb
unga zarar yetkazmang; agar natijaga to’liq ishonmasangiz tabiiy
jarayonlarga aralashmang - deb ogohlantiradi. Bu jihatdan «asr
loyihasi» shimol daryolarini janubga burish, o’z vaqtida
to’xtatilganligini ta‘kidlash mumkin. Hozirgi kunda ham hech kim
bu loyihani amalga oshirilishi nimalarga olib kelishini ishonchli
ravishda asoslab berolmaydi. Birgina iqlimni olib qaraylik.
Shimoliy daryolar suv bilan birga Arktikaga issiqlik oqib keladi.
Ular oqimining keskin kamayishi Arktika va tundra iqlimini
yanada keskinlashtiradi. Bir yerda biz qancha cho’lni bog’-
rog’larga aylantirsak - shuncha bog’-rog’larni cho’lga
aylantiramiz degan fikrni eslash kifoya. («Chelovek i priroda»,
1981
№
8, 67-bet).
«Tabiatga zarar yetkazma» degan qoida qadimgi
rimliklarga aniqroq ma‘lum bo’lgan. Tatsit eramizning 15
yillaridagi voqealarni quyidagiga yozib qoldirgan: Arruntsiy va
Atey senat oldiga Tibr qo’yilishini kamaytirish uchun daryo va
ko’llarni to’sish mumkinmi, degan masalani qo’yadi. Bu masala
yuzasidan senat a‘zolari tadbirga qarshi ekanliklarini bildirib,
oqimni to’sish atrofni suv bosishi, botqoqlanish va hosildor
yerlarni dashtga aylanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradi.
Tabiat o’zi yaratgan daryolarning boshlanishi, quyilishi va
oqishiga yetarli darajada e‘tibor berib, inson aralashuviga hojat
qolmagan deb hisoblanadi.
Tatsit o’z fikrini: senat a‘zolari taklifi yoki ishning
qiyinligini hisobga olinganda ham Gneem Pizon fikri, ya‘ni
hammasini tabiiy holicha qoldirgan ma‘qul deb yakunlaydi. Tatsit
tomonidan yozilgan voqealar bizga oshkora ekologik ekspertizani
eslatmaydimi?
To’rtinchi qonunni muallif B.Kommoner quyidagicha
izohlaydi: global ekotizim bir butunlikni namoyon qilib, hech
narsa yutilmaydi yoki yo’qotilmaydi va umumiy yaxshilash
ob‘ekti bo’lib hisoblanmaydi; inson mehnati bilan olingan barcha
3
38
www.qmii.uz/e-lib
www.qmii.uz/e-lib
Do'stlaringiz bilan baham: |