Tizim – bu o’zaro aloqada va munosabatda bo’lgan bir
qancha elementlardan iborat bo’lib, kamida bitta yangi
xususiyati bilan tavsiflanadigan o’ziga xos bir butunlikni
ifodalaydi.
Tizimli tadqiqot
ilmiy va texnik muammolar yig’indisi
bo’lib, tadqiqot ob‘ekti o’ziga xos xususiyati va xilma-xilligi
bilan tizim sifatida karaladi. Tizimning muhitni tahlil qilish
vositasi matematika, kibernetika va axborotlar nazariyasi
hisoblanadi.
Tizimli yondashish
- bu amaliy masalalarni yechish
uslubi bo’lib, mavjud sharoitlarda zarur bo’lgan masalalarni
yechish operatsiyasini va bu operatsiyalarni o’tkazish vositasini
umumiy tizim sifatida qarashni ifoda etadi. Tizimli yondashish
tufayli ko’pgina ekologik va tabiatni muhofaza qilish
muammolarini har tomonlama yechish ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |